Ijtimoiy tashxis ijtimoiy ob’yektlar va jarayonlarning, ular amal qilishi va rivojlanishi muammolarini aniqlash maqsadida holatini tahlil qilish. Bu
ob’yektivlik, sababiylik, ko’p omillarga bog’liqlik tamoyillariga asoslanadi. Ijtimoiy tashxis ijtimoiy muammolarni yechish uchun yo’l va vosita izlashda tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Ijtimoiy texnologiyalar turli ijtimoiy innovastiyalarni loyihalash va joriy etish usullari, ishlanmalari, hisob-kitoblari, modellari majmui. Ijtimoiy texnologiyalar nazariy asosdan, iqtisodiy hisob-kitobdan, ijtimoiy ishlar tajribasini umumlashtirishdan, tatbiq etish va sinovdan o’tkazish metodik majmuidan, yangilik salohiyatidan iborat ijtimoiy-gumanitar bilimlarni joriy etishning alohida shakli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |