Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi 1-kurs 21. 53-guruh talabasi Mirzaabdullayeva Mohinurning «Qirqquloqtoifa bo’limi»


Qirqbo‘g‘imtoifalar (Equisetophyta) bo‘limi



Download 0,74 Mb.
bet3/11
Sana12.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#778693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qirqquloqtoifa bo’limi

1.2. Qirqbo‘g‘imtoifalar (Equisetophyta) bo‘limi.
Qirqbo‘g‘imlilar sinfi — Equisetineae Equisetineae sinfining vakillari poyasining “bo‘g‘imli” bo‘lishi, ya’ni bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bo‘g‘imlarda, odatda, juda reduktsiyalangan va ko‘pincha bir-biri bilan qo‘shilib, naysimon qinlar hosil qiladigan barglar halqa shaklida joylashadi. Shox halqalari ham bo‘g‘imlarda bo‘ladi. Yer usti novdalarining uchida sporali boshoqchalar yuzaga keladi, ular halqa bo‘lib joylashgan qalqonchalar yoki sporofillardan iborat. Gametofitlari mayda yashil plastinkaga o‘xshab ko‘rinadi va ko‘pincha bir jinsli bo‘ladi. Spermatozoidlarida bir tutam xivchinlar bor. Equisetineae sinfiga: 1) hozirgi Equisetaceae va 2) qurib bitgan Calamariaceae oilalari kiradi. Qirqbo‘g‘imlar oilasi — Equisetaceae Bu oilaga birgina qirqbo‘g‘im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25 ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari butun yer yuzida tarqalgan. Suv havzalarimizda, odatda, ko‘p uchraydigan dala qirqbo‘g‘imi — Equisetum arvense bu oilaning xarakterli belgilari bilan tanishib chiqnsh uchun misol bo‘la oladi. Uning poyasi uzun va shoxlanmaydigan bo‘lib, to‘g‘ri tartib bilan gallanadigan bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan. Ba’zi novdalarining bo‘g‘imlaridan bir talay ingichka barglardan tuzilgan muntazam halqalar chiqadi, bu halqalar ham bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan bo‘ladi. Sal bo‘rtib turadigan bo‘g‘imlarda bir-biri bilan qo‘shilib, naychasimon qin xosil qiladigan barglar bo‘ladi, bu barglar yuqoriga qarab o‘sadi va tepadagi bo‘g‘im orasining pastki qismini o‘rab oladi. Poyaning pastki qismi yerda o‘sib, ildizpoyaga aylanadi. Ildizpoya ham, yer ustidagi novda singari bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘ladi. Ildizpoyaning bo‘g‘imlaridan bir talay mayda ildizlar chiqadi. Poya bilan ildizpoyaning uchlarida o‘sish nuqtasi bo‘ladi, o‘sish nuqtasi bir-biriga zich taqalib turadigan qinlar bilan qoplangan. Sporali boshoqchalar novdalarning uchlarida paydo bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning ichi to‘qimalar bilan to‘lgan. Bo‘g‘im oraliqlari esa bo‘sh bo‘ladi va kavagi keng bo‘lib, bir bo‘g‘imdan ikkinchi bo‘g‘imgacha boradi. Bo‘g‘im oraligining yuzi notekis; undan uzunasiga ketgan och rangli qirralar o‘tadi, ularning orasida birmuncha to‘q rangli chuqurchalar bo‘ladi. Chuqurchalar tagidagi asosiy parenximadan (poya asosan shu parenximadan iborat) serbar havo yo‘llari o‘tadi. Qirralar tagida esa, kichik suv kanalchalari bog‘lamlari bo‘ladi. Suv kanalchalari bog‘lamlari kollateral tipda tuzilgan bo‘lib, bo‘g‘im oralig‘ining boshidan-oyog‘igacha bir-biriga parallel holatda boradi; bo‘g‘imda ular shoxlanadi va tarmoqlari bir-biri bilan yana qo‘shilib, keyingi bo‘g‘im oralng‘iga o‘tadi. Qirqbo‘g‘imning xarakterli xususiyatn shuki, epidermisning devorchalariga qumtuproq singadi, shunga ko‘ra paporotnik ancha qattiq bo‘ladi. Equisetum sporangiylarda paydo bo‘ladigan sporalar yordamida ko‘payadi. Sporangiylar esa, o‘z navbatida, sporali boshoqchalarda turadi. Bu boshoqcha sporali qalqonchalar yoki sporofillardan tuzilgan. Har bir sporofill olti qirrali plastinkadan iborat bo‘lib, uning markazidan o‘zakka (o‘qqa) tomon (unga tik ravishda) ingichka oyoqcha o‘tadi, sporofill shu oyoqcha bilan o‘zakka birikib turadi. Sporofill oyoqchasi

atrofida 810 ta sporangiy bo‘ladi, ular tashqi cheti bilan sporofillga birikadi. Sporangiy ichida shakli va kattaligi bir xil bo‘lgan bir talay sporalar bor. Sporofillar o‘zakda zich halqa bo‘lib joylashgan, ular yoshligida chetlari bir-birlariga zich taqalib turadi. Sporalar pishib, yetilishga kelganda o‘zak cho‘zilib, halqalar bir-biridan ajraladi va orasi tirqish bo‘lib qoladi, sporalarga shu tirqishlardan sochilishga yo‘l ochiladi. Spora sharsimon to‘q yashil hujayradan iborat bo‘lib, ancha qalin parda


bilan qoplangan va spiralsimoi ikkita burama lenta yoki elatera bilan o‘ralgan. Elateralar gigroskopik bo‘lib, quriganida yoziladi va havo nam tortganida yana buraladi. Elateralarning roli shundan iboratki, o‘shalar borligidan spora xamisha bir-biriga ilashib, yancha yirik va yumshoq tugunchalar xosil qiladi. Shunga ko‘ra, sporalar shamolda osonroq tarqaladi va unib chiqar ekan, hamisha bir talay gametofitlar paydo bo‘ladi va otalanishni osonlashtiradi (qirqbo‘g‘im gametofiti ko‘pincha bir jinsli bo‘ladi) Nam yerga tushgan sporalardan gametofitlar o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imning sporalari sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham; ichki tuzilishi boshqacha bo‘ladi, shunga ko‘ra bir xil sporalar otalik gametofit xosil qilsa, ikkinchi xil sporalar onalik gametofiti xosil qiladi. Biroq, bu doim saqlanib qoladigan tafovut emas, tashqi sharoit ta’siri bilan otalik gametofitlarida arxegoniylar, onalik gametofitlarida esa anteridiylar hosil bo‘lishi mumkin. Equisetumning ba’zi turlarida (E. arvense, E. laevigatum, E. majusda) gametofitlar, chamasi, ko‘pincha bir uyli bo‘ladi, shu bilan birga, ularda avval arxegoniylar, keyinroq esa anteridiylar taraqqiy qiladi. Equisetum gametofiti lentasimon uzun-uzun parralarga bo‘lingan kichkina yashil plastinka ko‘rinishidadir; uning pastki tomonidan rizoidlar chiqadi. Otalik gametofitlari onalik gametofitlariga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Gametofit parraklari uchida anteridiylar joylashgan. Anteridiylar dumaloq tanacha ko‘rinishida bo‘lib, bir qavat devori va mayda-mayda spermagen hujayralardan iborat moddasi bor, Ularning har biri buralgan va uchida bir tutam xivchini bo‘lgan spermatozoidni beradi. Onalik gametofitining ko‘p qavatli markaziy qismida arxegoniylar rivojlanadi. Arxegoniylar tipik tuzilishda bo‘ladi va qorin qismi bilan gametofit to‘qimasiga botib turadi. Arxegoniyning otalangan tuxum hujayrasidan yangi qirqbo‘g‘im o‘simligi, ya’ni sporofit yoki jinssiz nasl o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imlarning hammasi o‘t o‘simliklaridir. Qirqbo‘g‘imlar ichida eng kattasi janubiy amerika qirqbo‘g‘imi — E. giganteum bo‘lib, bo‘yi 12 m ga borgani holda, eni atigi 0,5-2 sm keladi. (E. giganteum chirmashib o‘suvchi o‘simlikdir). Qirqbo‘g‘imlarning bo‘yi, odatda, 0,5-1 m bo‘ladi. Ularning hammasida gorizontal ravishda o‘sib, juda shoxlanadigan va ko‘pincha ancha yerni egallaydigan ildizpoya bor; ko‘pgina qirqbo‘g‘imlar (E. arvense, E. heleocharis va boshqalar) ildizpoyasi yordamida vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Ba’zi turlarining ildizpoyalarida (E. arvense, E. maximum) alohida tuganaklar hosil bo‘ladi, bu tuganaklar ham vegetativ yo‘l bilai ko‘payishga xizmat qiladi. Ildizpoyalarining uchi qayrilib, yer betiga chiqadi va yer usti novdalarini hosil qiladi. Ba’zi qirqbo‘g‘imlarda vegetativ novdalar bilan spora beruvchi novdalar bir-biridan farq qilmaydi; ba’zilarida esa bu novdalar bir-biridan keskin farq qiladi (dimorfizm). Masalan, Ye. arvensening erta bahorda hosil bo‘lgan novdalari och qo‘ng‘ir rangli va nozik bo‘lib, uzoq yashamaydi. Ularning uchida sporali boshoqchalar bo‘ladi; ular sporalarini tarqatganidan keyin qurib qoladi. Bu novdalar o‘rniga ildizpoyadan vegetativ novdalar o‘sib chiqadi. Ye. pratense va Ye. silvaticumda ham spora beruvchi novdalar bo‘ladi, biroq bu novdalar sporalar to‘kilgvnidan keyin qurimay, vegetativ novdalarga aylanadi; ayni vaqtda yashil tusga kirib, halqa bo‘g‘imlaridan shoxlar chiqaradi. Kalamitlar oilasi — Calamariaceae Kalamitlar, asosan, paleozoy erasida o‘sib, hozir qurib bitgan o‘simliklar oilasidir. Calamites va Protocalamites bu oilaning asosiy avlodlari bo‘lgan. Kalamitlar bo‘yi 20—30 m ga boradigan katta-katta daraxtlar holida bo‘lar edi. Ularda gorizontal yoki vertikal ildizpoyadan o‘sib chiqqan, shoxlangan uzun poya bor edi. Kalamitlar tanasi to‘g‘ri navbat bilan gallanadigan bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan bo‘lib, yuzi qirrali bo‘lgan. Bo‘g‘imlari ikki xil shoxlar: kam sonli yirik-yirik yo‘g‘on shoxlar va bir talay mayda shoxlar chiqargan. Shu mayda shoxlarining bo‘g‘imlarida halqa bo‘lib joylashgan mayda-mayda barglar bo‘lgan. Asosiy poyaning bo‘g‘imlaridan ham juda reduktsiyalangan barglar chiqqan. Bo‘g‘im oraliqlari, xuddi qirqbo‘g‘imlardagiga o‘xshash, ichi kovak, bo‘g‘imlari esa to‘qimalar bilan to‘lgan edi. Kalamitlar anatomik tuzilishi jihatidan qirqbo‘g‘imlarga uxshardi-yu, lekin kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olar edi. Kalamitlar maxsus sporali boshoqchalarida hosil bo‘ladigan sporalari yordamida ko‘payardi. Sporali boshoqchalari to‘rt tipda bo‘lgan:
Calamostachyslar — o‘rtasidan o‘q o‘tgan uzun boshoqchalar edi. O‘qda pushtsiz tangachalar halqalari bilan navbatlashadigan sporofillar halqalari turardi. Ba’zi Calamostachyslarda sporalar bir xil bo‘lsa, ba’zilarida mikro- va makrosporalar bo‘lar edi. 2. Paloestachya — boshoqchasining markazidan o‘tgan o‘qida mevasiz barglar joylashgan; barglarning yuqorirog‘ida sporofillar bo‘lgan, ular barg bilan o‘q orasidagi burchakka birikkan. 3. Archeocalamites — hozirgi qirqbo‘g‘imlarning boshoqchalariga o‘xshagan bo‘lib, birbirining ustida zich joylashgan sporofillardan tuzilgan edi. 4. Cingularia — sporofillari nozik o‘qida siyrak halqalar holida joylashgan har bir sporofili ikki qismga: bargsimon, ustki qism va sporali, pastki qismga bo‘lingan edi. Bargsimon qismlari bir-biri bilan qo‘shilib, uzun-uzun, o‘tkir tishli shokilaga o‘xshagan bir narsa hosil qilgan. Sporali qismi uchi ikkiga ajralgan kalta lentaga o‘xshagan bo‘lib, pastki tomoniga sporangiylar birikkan edi. Ponabarglilar sinfi — Sphenophyllineae Ponabarglilar, asosan, poleozoy erasida o‘sgan va hozir qurib bitgan o‘simliklar sinfidir. Asosiy oilasi — Sphenophyllaseae bo‘lib, bu oilaning eng muhim avlodi — Sphenophyllumdir. Ponabarglilarda uzun, ammo nozik poya bo‘lib, poyasi to‘g‘ri tartib bilan navbatlashadigan bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan edi. Bo‘g‘imlarida ponasimon barglar halqa bo‘lib o‘sgan. Poyasining yuzi qirrali edi. Ba’zi turlarining barglari ikki xil bo‘lgan: serbar ponasimon plastinka ko‘rinishidagi barglar va ipsimon ingichka-ingichka bo‘lakchalarga bo‘lingan barglar. Sphenophyllum barglarining shu tariqa ikki xil bo‘lishi talaygina olimlar uchun ularni suv o‘simliklari deb qarashga asos bo‘ldi. Lekin, keyingi tekshirishlar bu fikrni tasdiqlamay qoldi. Ponabarglilar, chamasi, quruqlikda chirmashib o‘suvchi o‘simlik bo‘lgan va nozik poyalari atrofdagi o‘rmon daraxtlaridan tayanch topgan. Poyasining markazini birlamchi yog‘och egallagan, shu yog‘och qatlami kesmada uchburchak shaklida bo‘lgan ikkilamchi yog‘och qatlamiga taqalib turgan. Kambiy halqasi bo‘lganligidan ponabarglilar poyasi ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Ko‘payish organlari o‘rnida sporangiylar bo‘lgan, ular har xil tuzilgan sporali boshoqchalardan joy olgan. Masalan, Sphenophyllum Dawsoniida sporali boshoqchalar kalamitlarning boshoqchalariga sal o‘xshab ketardi. Ularning o‘rtasidan o‘q o‘tar, bu o‘qda sporofillar halqa bo‘lib joylashgan bo‘lar edi. Ulardan har birining ustki tomonida uchtadan uzun oyoqli sporangiy bo‘lgan. Sphenophyllum majusning sporofillari uchi dixotomik ravishda shoxlangan ingichka plastinkaga o‘xshar edi. Ularning ustida to‘rttadan sporangiylar to‘p bo‘lib turgan. Sphenophyllum fertile cnopofillari qirqbo‘g‘imlardagiga o‘xshash bo‘lgan. Ular shoxlangan oyoqchalarda turgan va ichki tomonida bir nechtadan sporangiysi bo‘lgan.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish