Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi 1-kurs 21. 53-guruh talabasi Mirzaabdullayeva Mohinurning «Qirqquloqtoifa bo’limi»



Download 0,74 Mb.
bet6/11
Sana12.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#778693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qirqquloqtoifa bo’limi

2.2 SUV QIRQQULOQLAR TARTIBI
Har xil sporali qirqquloqlarga"suv qirqqulog‘ini ola-miz. Suv betida suzib yuruvchi 1 yillik o‘t o‘simlik. Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan. Bargi 2 xil bo‘ladi.
a) Suvning betidagi bargi
b) Suvning ostidagi bargi
Suvning betidagi bargi yashil. Unda xlorofil donachalari bo‘ladi. Bu bargda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Suvning ostidagi bargi qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, ildiz vazifasini bajaradi. Qo‘ng‘ir rangli barglarda soruslar joylashgan. Soruslar ichida sporangiyalar taraqqiy etadi. Sporangiyalar 2 xil bo‘ladi. Mikrosporangiyalar va Mak-rosporangiyalar.
Mikrosporangiyalarda mikrosporlar, Makrosporangiyalarda makrosporalar yetiladi. Soruslar kuzda uzilib, suv tagiga cho‘kib ketadi. Suv tagida qishlaydi. Bahorda makro va mikrsporangiyalar sorusdan ajralmagan holda suvni yuzasiga ko‘tariladi. Mikrosporalar sporangiyadan ajralmagan xolda otalik o‘simtasini hosil qiladi. Bu o‘simtada 2 ta anterediya bo‘lib, anterediyalar spermatazoidlarni ishlab chiqadi. Makrosporalar sporangiyadan ajralmagan holda onalik o‘simtasini vujudga keltiradi. Onalik o‘simtasida bir - nechta Arxegoniyalar yetiladi. Spermatozoidlar suvda suzib kelib Arxegoniyalarning bo‘yni orqali kirib,tuxum xujayrani otalantiradi. Bunda embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi.
QIRQBO‘G‘IMLAR
Bu sinf 1 ta oila, 25 turdan iborat. Qirqbo‘g‘imlar ko‘p yillik o‘t o‘simlik hisoblanadi. Bular yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan. Shulardan 11 turi MDXning har xil joylarida, 3 turi UzRda uchraydi. Janubiy Amerikaning tropik qismida uchraydigan qirqbo‘g‘imning poyasining yo‘g‘onligi 2 sm, uzunligi esa 12 m ga yetadi.U butalarga osilib o‘sadi. Bu sinfga MDXning hamma yerlarida uchraydigan "Dala qirqqbo‘g‘imini"vakil qilib olamiz. Dala qirqbo‘g‘imi ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib uning ildizpoyasi yerga chuqur o‘rnashgan. Ildizpoyadan, kattaligi danakdek keladigan tuganagi bor. Bu tuganakda zapas oziq moddalar to‘planadi. Ildiz poyadan yer betiga poyalar o‘sib chiqadi. Bu poyalarning uzunligi 1 m gacha bo‘lishi mumkin. Qirqbo‘g‘imning poyasi 2 xil bo‘ladi.
1. Vegetativ yoki assimilyatsion poya -yozgi:
2. Spora beruvchi poya-bahorgi
Vegetativ poya yashil rangda bo‘lib, kech bahorda o‘sib chiqadi, kuzda qurib qoladi. Bu poyani "yozgi poya" deb ham yuritiladi. Spora beruvchi poya jigarang-pushti bo‘lib, erta ko‘klamda o‘sib chiqadi. Sporalari yetilib to‘kilgandan so‘ng qurib qoladi. Poyasida bir qancha bo‘g‘im oraliqlari bo‘lgani uchun bu o‘simlikni xalq orasida qirqbo‘g‘im deyiladi. Poyasidagi epidermis xujayralari bilan sug‘orilgan. Bargi juda mayda, reduksiyalangan, uchburchakli bo‘lib, poyaga tagi bilan doira shaklida o‘rnashgan. Poyasi ko‘ndalang kesmida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida ustitsalar joylashgan. So‘ngra mexanik to‘qima po‘stloq xujayralari, peretsikl bilan o‘ralgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari uchraydi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiya bo‘lmaydi. Dala qirqbo‘g‘imi vegetativ, jinssiz va jinsli yo‘l bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi ildizpoya yoki tuganaklari yordamida bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida, jinsli ko‘payish o‘simtada, ya’ni gametofitda tarqqiy etgan jinsiy organlar yordamida bo‘ladi. Sporalar bahorgi poyaning uchiga joylashgan boshoqchalarda vujudga keladi. Spora beruvchi boshoq sporachi barglardan tashkil topgan.Sporachi barglarning ostki tomonidan 6-8 tacha sporangiyalar doira shaklida joylashgan . Sporangiyalarning shakli ko‘zachaga o‘xshash bo‘ladi. Sporangiyalar ichida ko‘p miqdorda sporalar taraqqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir-yashil xujayralardan iborat bo‘lib, 2 qavat po‘st bilan o‘ralgan. Tashqi po‘sti "ekzina" ichki po‘sti "intina" deb ataladi. Sporaning 4 ta speralsimon ellaterasi bo‘ladi. Ellatera havo nam bo‘lgan vaqtda ellateralar to‘g‘rilanib, yozilib ketadi. Bu ellateralar sporalarning bir biriga ilashib tarqalishiga yordam beradi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo‘lsa ham, fiziologik jihatdan har xil bo‘ladi. Bir xil sporadan otalik o‘simta o‘sib chiqsa, 2 xil sporadan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtalarning otalik yoki onalik bo‘lishiga tashqi muhit ham bog‘liq. O‘simta 2 uylik, 1 jinsli, agar spora organik moddasi ko‘p bo‘lgan unumdor yerga tushib qolsa, undan onalik o‘simtasi, qumli yerga tushib qolsa, otalik o‘simtaga aylanadi. Jinsiy ko‘payish suvning yordamida bo‘ladi.
Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib borib, Arxegoniyalar bo‘yni orqali kirib tuxum hujayrani otalantiradi. Natijada embrion hosil bo‘ladi. Embrionni yangi o‘simlik-jinssiz nasl-sporofit o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imning yozgi poyasi meditsinada siydik xaydovchi sifatida ishlatiladi. Qirqbo‘g‘imning epidermis hujayrasi bilan sug‘orilgani uchun misgarlikda idishlarni oqartirish uchun qo‘llaniladi. Bahorgi poya ba’zan ovqat uchun iste’mol qilinadi.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish