Qirqquloqsimonlilar. Yuksak o‘simliklar evolyutsiyasi. Ochiq urug‘lilar



Download 23,09 Kb.
Sana08.06.2017
Hajmi23,09 Kb.
#10639

Aim.uz

Qirqquloqsimonlilar. Yuksak o‘simliklar evolyutsiyasi. Ochiq urug‘lilar.

 

Reja:



1. O‘rmon qirqqulog‘ining tuzilishi, ko‘payishi.

2. Suv qirqqulog‘ining tuzilishi, ko‘payishi.

3. Qirqbo‘g‘imlilarga xarakteristika.

4. Dala qirqbo‘g‘imining tuzilishi, ko‘payishi.

5. Plaunlar tuzilishi, ko‘payishi.

6. Bir xil va xar xil sporali plaunlar

7. Ochiq urug‘lilarga tasnif, klassifikatsiyasi.

8. Ochiq urug‘lilarning tuzilishi va ko‘payishi.

9. Igna barglilar sinfiga xarakteristika.

10. Igna barglilar ko‘payish.

 

 



CHIN QIRQQULOQLAR TARTIBI

 

       Bu tartibga o‘rmon qirqqulog‘i kiradi.



O‘rmon qirqqulog‘i  salqin  o‘rmonlarda,butalar  orasida  nam yerda O‘rta Osiyoning tog‘lik rayonlarida uchraydi. O‘rmon qirqqulog‘i ko‘p  yillik  o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi yo‘g‘on  qoramtir bo‘lib, tangacha barg bilan qoplangan. Ildiz poyaning uchida bo‘yi 1m  gacha  yetadigan  ko‘p  patsimon  yashil rangli barg  o‘sib  chiqadi. Yoshlik vaqtida bargning uchi gajaksimon qayrilgan. Barglar kuzda qurib,tushib ketadi. Bargning ostki  qismi  qoladi. Bu qolgan  barglar xisobiga ildiz poya tobora yo‘g‘onlashib boradi. Yoz paytlarining oxirida  bargning orqa tomonida mayda g‘uddalar - soruslar paydo bo‘la boshlaydi. Bularning shakli yumaloq bo‘ladi. Soruslar barg  o‘rtasida tomirlar bo‘ylab, ikki qator joylashgan.

       Soruslar-sporangiyaning yig‘indisidir. Chunki sorusning ichida bir qancha tuxumsimon sporangiyalar joylashgan bo‘ladi. Sporangiyalarning o‘sib chiqqan joyini planset deb ataladi. Sporangiyalari  ko‘p  xujayrali  bo‘lib, ularning  tashqi tomonidagi bir qator xujayrasini  tapetum deyiladi. Ichki tomonidagi xujayralarini arxespora  deyiladi. Bu xujayralar reduksion tipda bo‘linishi natijasida har bir xujayradan 4 tadan spora-tetraspora xosil bo‘ladi. Sporalarning rangi  qo‘ng‘ir  bo‘ladi. Sporalarning xujayra po‘sti 2 qavat bo‘lib spora yetilgandan so‘ng tashqi qavati yorilib ketadi. Bir tup o‘simlikda millionllab spora  xosil  bo‘lishi mumkin. Nam yerga tushgan spora una boshlaydi. Natijada diametri 0,5-1 sm bo‘lgan yashil rangli yuraksimon o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simta  rizoidlar yordamida  yerga yopishgan bo‘ladi. O‘simtada xlorofil donachalari bo‘lgani sa-babli fotosintez protsessi ham bo‘lib turadi. O‘simta 1 uyli  2  jinsli. Shu  o‘simtada Antersiya ham, Arxegoniya ham taraqqiy etadi. Demak bu o‘simta 1 uyli 2 jinsli ekan. O‘simta o‘rmon qirqqulog‘ining jinsli nasli gametofit  xisoblanadi. Spora  xosil  qilgan  o‘simlikning o‘zi jinssiz nasl-sporafit xisoblanadi.

       O‘simta qisqa umrli efemerdir. U faqat 1-2 xafta yashay  oladi. Jinsiy ko‘payish  yog‘ingarchilik vaqtida bo‘ladi. Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib yuradi. Bu spermatozoidlarni o‘ziga jalb qilgani uchun Arxegoniya "olma  kislotasini"  ishlab chiqadi. Spermatozoidlar Arxegoniyaning bo‘yniga kelib yopishadi,natijada Arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan, so‘ng embrion xosil bo‘ladi. Embriondan  yangi o‘simlik o‘sib chiqadi.

 

 



SUV QIRQQULOQLAR TARTIBI

 

       Har xil  sporali qirqquloqlarga"suv qirqqulog‘ini ola-miz. Suv betida suzib yuruvchi 1 yillik o‘t o‘simlik. Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan. Bargi 2 xil bo‘ladi.



       a) Suvning betidagi bargi

       b) Suvning ostidagi bargi

       Suvning betidagi  bargi  yashil. Unda  xlorofil  donachalari  bo‘ladi. Bu bargda fotosintez  protsessi bo‘lib turadi. Suvning ostidagi bargi qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, ildiz vazifasini bajaradi. Qo‘ng‘ir  rangli  barglarda soruslar joylashgan. Soruslar  ichida  sporangiyalar taraqqiy etadi. Sporangiyalar 2 xil bo‘ladi. Mikrosporangiyalar va Mak-rosporangiyalar.

       Mikrosporangiyalarda mikrosporlar, Makrosporangiyalarda   makrosporalar yetiladi. Soruslar kuzda uzilib, suv  tagiga  cho‘kib  ketadi. Suv  tagida qishlaydi. Bahorda makro va mikrsporangiyalar sorusdan ajralmagan holda suvni yuzasiga ko‘tariladi. Mikrosporalar sporangiyadan ajralmagan xolda otalik o‘simtasini  hosil qiladi. Bu o‘simtada 2 ta anterediya bo‘lib, anterediyalar spermatazoidlarni ishlab chiqadi. Makrosporalar sporangiyadan ajralmagan holda onalik o‘simtasini vujudga keltiradi. Onalik  o‘simtasida bir - nechta  Arxegoniyalar yetiladi. Spermatozoidlar suvda suzib kelib Arxegoniyalarning bo‘yni orqali kirib,tuxum xujayrani  otalantiradi. Bunda embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi.

 

QIRQBO‘FIMLAR

 

       Bu sinf 1 ta oila, 25 turdan iborat. Qirqbo‘g‘imlar ko‘p  yillik  o‘t o‘simlik  hisoblanadi. Bular yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan. Shulardan 11 turi MDXning  har xil  joylarida, 3  turi UzRda uchraydi. Janubiy  Amerikaning tropik qismida uchraydigan qirqbo‘g‘imning poyasining yo‘g‘onligi 2 sm, uzunligi esa 12 m ga yetadi.U  butalarga osilib o‘sadi. Bu sinfga MDXning hamma yerlarida uchraydigan "Dala qirqqbo‘g‘imini"vakil qilib olamiz. Dala qirqbo‘g‘imi ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib uning ildizpoyasi yerga chuqur o‘rnashgan. Ildizpoyadan, kattaligi danakdek keladigan tuganagi bor. Bu  tuganakda  zapas  oziq  moddalar to‘planadi. Ildiz  poyadan  yer  betiga poyalar o‘sib chiqadi. Bu poyalarning uzunligi 1 m gacha bo‘lishi mumkin. Qirqbo‘g‘imning poyasi 2 xil bo‘ladi.



       1. Vegetativ yoki assimilyatsion poya -yozgi:

       2. Spora beruvchi poya-bahorgi

       Vegetativ poya  yashil rangda bo‘lib, kech bahorda o‘sib chiqadi, kuzda qurib qoladi. Bu poyani "yozgi poya" deb ham yuritiladi. Spora beruvchi poya jigarang-pushti bo‘lib, erta ko‘klamda o‘sib chiqadi. Sporalari yetilib to‘kilgandan so‘ng qurib qoladi. Poyasida bir  qancha  bo‘g‘im  oraliqlari  bo‘lgani uchun bu  o‘simlikni xalq orasida qirqbo‘g‘im deyiladi. Poyasidagi epidermis xujayralari bilan sug‘orilgan. Bargi juda mayda, reduksiyalangan, uchburchakli bo‘lib, poyaga tagi bilan doira shaklida o‘rnashgan. Poyasi ko‘ndalang kesmida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida ustitsalar joylashgan. So‘ngra  mexanik to‘qima po‘stloq xujayralari, peretsikl bilan o‘ralgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari  uchraydi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiya bo‘lmaydi. Dala qirqbo‘g‘imi vegetativ, jinssiz va jinsli  yo‘l  bilan ko‘payadi. Vegetativ  ko‘payishi ildizpoya yoki tuganaklari yordamida bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar  yordamida, jinsli  ko‘payish  o‘simtada, ya’ni gametofitda  tarqqiy  etgan jinsiy organlar yordamida bo‘ladi. Sporalar bahorgi poyaning uchiga joylashgan  boshoqchalarda  vujudga  keladi. Spora beruvchi  boshoq  sporachi barglardan tashkil topgan.Sporachi barglarning ostki tomonidan 6-8 tacha sporangiyalar doira shaklida joylashgan . Sporangiyalarning shakli  ko‘zachaga  o‘xshash  bo‘ladi. Sporangiyalar  ichida ko‘p miqdorda sporalar taraqqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir-yashil  xujayralardan iborat bo‘lib, 2 qavat po‘st bilan o‘ralgan. Tashqi po‘sti "ekzina" ichki po‘sti "intina" deb ataladi. Sporaning 4 ta speralsimon ellaterasi bo‘ladi. Ellatera havo nam bo‘lgan vaqtda ellateralar to‘g‘rilanib, yozilib ketadi. Bu ellateralar sporalarning bir biriga ilashib tarqalishiga  yordam  beradi. Sporalar  morfologik jihatdan bir xil bo‘lsa ham, fiziologik jihatdan har xil bo‘ladi. Bir xil sporadan otalik o‘simta o‘sib chiqsa, 2 xil sporadan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtalarning otalik yoki onalik bo‘lishiga tashqi muhit  ham bog‘liq. O‘simta  2  uylik, 1 jinsli, agar spora  organik moddasi ko‘p bo‘lgan unumdor yerga tushib qolsa, undan onalik o‘simtasi, qumli yerga tushib qolsa, otalik o‘simtaga  aylanadi. Jinsiy ko‘payish suvning yordamida bo‘ladi.

       Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib  borib, Arxegoniyalar bo‘yni  orqali  kirib  tuxum  hujayrani otalantiradi. Natijada embrion hosil bo‘ladi. Embrionni  yangi  o‘simlik-jinssiz  nasl-sporofit o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imning  yozgi poyasi meditsinada siydik xaydovchi sifatida ishlatiladi. Qirqbo‘g‘imning epidermis hujayrasi bilan sug‘orilgani uchun  misgarlikda idishlarni oqartirish uchun qo‘llaniladi.  Bahorgi poya ba’zan ovqat uchun iste’mol qilinadi.

 

PLAUNLAR TARTIBI

 

       Plaunlar sinfi 2 tartibga bo‘linadi:



       1.Bir xil sporali plaunlar

       2.Ikki xil sporali plaunlar

       Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plauni-ni olamiz. Apteka plauni o‘rmonlarda, qarag‘ayzorlarda uch-raydi. O‘rta Osiyoda uchramaydi. Poyasining  uzunligi  70  sm  ga  yetadi. Apteka plauni  doim yashil, ko‘p  yillik o‘t o‘simlik. Poyasi dixatomik ravishda o‘sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo‘ladi. Tik o‘suvchi poyasi qo‘shaloq yoki yakka boshoqchalari bilan  tamom bo‘ladi. Boshoqchani sporacha barglaridan tashkil topgan. Sporachi barglarning ichki shakli buyraksimon sporangiyalar taraqqiy etadi ichida  sporalar  vujudga keladi. Bu sporalar sporangiya xujayralarning reduksion yo‘lida bo‘linishi natijasida  hosil  bo‘ladi. Sporalar nixoyatda mayda va yengil, quruq bo‘ladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiyalar yoriladi. Natijada sporalar shamol  yordamida tarqalib  ketadi. Qulay sharoitga tushib qolgan spora una boshlaydi. Sporadan tuganakka o‘xshash o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simtada anteridiya va arxegoniya taraqqiy etadi. Ante-rediya va arxegoniyalarning taraqqiy etishi uchun 10-12 y.vaqt ketadi. Apteka plaunining o‘simtasi 1 uyli 2  jinslidir. Otalanish protsessi bahorda, yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Anteriyada ishlab chiqqan spermatazoidlar arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan so‘ng embrion hosil  bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Bu o‘simlik jinssiz nasl sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka sifatida, pillyula  tayyorlashda sporadan sepib qo‘yiladi. Ya’ni pil-lyulalar bir biriga yopishib qolmaydi. Og‘ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi.

       Har xil  sporali plaunlarga selaginellani misol qilib olamiz. Bu o‘simlik ham ko‘p yillik o‘simlik, doim yashil o‘simlik /o‘tli/ poyasi  dixatomik  ravishda  shoxlangan. Tik va yotib o‘suvchi poyalari bo‘ladi. Vertikal poyasida boshoqchasi bor. Boshoqchasida 2  xil: katta-makrosporangiyalar  va kichik  makrosporangiyalar  bo‘ladi. Mikrosporangiyalardan mikro-spora taraqqiy etadi. Undan otalik o‘sib chiqadi. Makro-sporangiyalardan makrospora  taraqqiy  etadi. Undan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtasi demak 2 uyli 1 jinsli. Otalanish yog‘ingarchilikda bo‘ladi.

 

OCHIQ URUFLILAR TIPI

 

       Ochiq urug‘li o‘simliklar bir tomonidan yuqori sporali o‘simliklarga 2-bir tomondan yopiq urug‘li o‘simliklarga o‘xshaydi. Ochiq urug‘li o‘simliklar urug‘ beradigan qirq-quloqlardan, yopiq urug‘li o‘simliklar ochiq urug‘li o‘simlik-lardan kelib chiqqan.



       Ochiq urug‘li  o‘simliklarga butalar,daraxtlar  kiradi. Yopiq urug‘li o‘simliklar orasida daraxtlar,butalar, yarim butalar va o‘tli o‘simliklar uchraydi. Ochiq urug‘li  o‘simliklar  asosan monopodial  tipda shoxlanadi. Yopiq urug‘li o‘simliklar esa  monopodial,simpodial  va  dixatomik ravishda shoxlanadi. Ochiq  urug‘li o‘simliklarda suv naylari bo‘lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning to‘qimasida  esa suv naylari xamda traxeidlar bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning urug‘ kurtagi ochiq  yerda  taraqqiy  etadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarni urug‘i  mevaning  ichida taraqqiy etadi. Ochiq urug‘li o‘simliklarda esa urug‘ g‘uddalarda taraqqiy etadi. Bularda  meva  bo‘lmaydi. Ochiq urug‘li o‘simliklardagini aksi, yopiq urug‘li o‘simliklarni mevasi bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning endosperma to‘qimasi otalanish  protsessidan  oldin hosil bo‘ladi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda esa endosperma to‘qimasi otalanishdan keyin hosil bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarda qo‘shaloq  otalanish bo‘lmaydi, yopiq urug‘li o‘simliklarda esa qo‘shaloq otalanish bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligi doimo  yashil o‘simlik hisoblanadi. Ochiq urug‘li o‘simliklar 7 ta sinfga bo‘linadi:

       1. Urug‘li paporotniklar

       2. Sagovniklar

       3. Bennetitlar

        4. Kordaitlar

       5. Ginkgolar

       6. Igna barglilar

       7. Ignacha barglilar

 

Urug‘li qirqquloqlar

 

       Ular o‘zining tashqi tashqi ko‘rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o‘xshar, lekin har xil sporali bo‘lib, urug‘ yordamida ko‘payishi bilan ulardan farq qiladi.



       Uning poyasida qo‘sh patsimon yirik - yirik murakkab barglar bo‘lar, ularning asosiy bandlari ko‘pincha dixotomik shoxlanar edi.

       Poya  o‘zak qismining juda rivojlangan bo‘lishi va kambiy xalqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog‘och, hozirgi ochiq urug‘lilardagiga o‘xshash, traxeidlardan tuzilgan, po‘stlog‘i ancha qalin bo‘lgan. Liginoptenis mikro-makrosporalar xosil qilgan.

 

Sagovniklar

 

       Sagovniklar hozir yashab turgan o‘simliklar bo‘lib, eski (Cycas, Macrozamia, Bowenia, Encephalarthos, Stangeria kabi avlodlar) va yangi dunyoning (zamia,Microcycas, Ceratoramia, Pioonavlodlari) tropik hamda subtropik mintaqalarida tarqalgan 9 ta avlodi o‘z ichiga oladi.



       Sagovniklar - ustunsimon oddiypoyali daraxtlardan; poyasi axayon - axyonda shoxlangan bo‘ladi. Poyasining uchida juda yirik, patsimon qalin-qattiq barglar tojdek bo‘lib turadi. Mikrosporangiylari tangachasimon mikrosporofillarning chetida turadi yoki tangachasimon makrosporofillardan joy olgan, mikrosporofillari to‘p-to‘p bo‘lib, otalik qubbalarini hosil qiladi. Makrosporangiylar (urug‘kurtaklar) makrosporofillarning chetida turadi yoki tangachasimon mikrosporofillardan hosil bo‘lgan onalik qubbalaridan joy oladi. Bu tartib Cucas (yoki sagovnik) misol bo‘la oladi.

       Barcha ochiq urug‘liklar singari, Cucas har xil sporali o‘simlik bo‘lib, makro- va mikrosporalar bilan ko‘payadi.

       Ko‘pchilik Sagovniklar Cucas  ga o‘xshash, aksari shoxlanmaydigan to‘g‘ri poyali o‘simliklar bo‘lib, poyasining uchida uzunligi 2,5-3 m ga boradigan yirik - yirik  barglar chiqaradi. Sagovniklarning poyalari odatda metrlar bilan o‘lchanadi. Eng qayta qoplovchi barglar bilan qoplanishi gulning atrofidagi gul qo‘rg‘onini eslatadi. Ularning cheklanishi shamol va hashoratlar yordamida sodir bo‘lishi kerak. Bennetgetlarning urug‘ida murtak to‘la rivojlangan, oziq moddalar ikki pallada to‘plangan.

 

Kordaitlar

 

       Kordaitlar asosan paleozoy erasida o‘sib, hozir qurib bitgan o‘simliklar tartibidir. Tartibning eng yaxshi o‘rga-nilgan vakili Cordates avlodidir.



       Tanasida serbar yog‘och zonasi bilan o‘ralgan, o‘sha yog‘och qismi tuzilishi jihatidan ninabarglilarning yog‘och qismiga o‘xshagan edi.

 

Ginkgolar

 

       Gingkgoales tartibi hozir  Ginkgoaceae degan atigi bitta oilani o‘z ichiga oladi, bu oilaning birdan-bir vakili ginkeo ( Ginkgo biloba) dir.



       G.Biloba  adl bo‘ladigan daraxt bo‘lib, balandligi 30-40 m ga, yo‘g‘onligi 3-4 m ga yetadi.  Poyasi 18 sm gacha boradi, masalan, Avstraliyada o‘suvchi  Macroramia Hopei ning poyasi shuncha keladi.

 

Benettitlar

 

       Bennetitlar tashqi ko‘rinishidan sagovniklarga o‘xshab yura davrida rivojlangan, yer yuzini qoplab so‘ng yuqori bo‘r davrida butunlay yo‘qolib ketgan o‘simliklardir. Bennettitlarning ichki tuzilishi urug‘li qirqquloqlilar bilan sagovniklarning ichki tuzilishiga juda yaqin. Ularning poyalarida kambiylari lub va ancha qalin po‘stloq, birlamchi, ikkilamchi yog‘ochlik xalqalarni hosil qiladi.



       Bennetitlarni g‘uddasi o‘zidan oldingi sinf o‘simlik-larning  g‘uddasidan ikki jinsiyligi bilan farq qiladi. Fuddaning tashqi tomonidagi ko‘plab mikrosporangiylarda mikrosporalar yetilsa, g‘uddaning markazdagi juda qisqargan makrosporofitda bitta urug‘ kurtak rivojlanadi. Sporofitlar tashqi tomondan po‘stlog‘i to‘q kul rang va silliq bo‘lib, keyinchalik har tomonga yeyilib ketadigan piramida shox-shabbasi bor.

       Ginkgo barglari juda g‘alati: ular odatda ikki bo‘lakka bo‘lingan uchburchak plastinkadan iborat bo‘lib, uzun bandga aylanadi; ba’zan plastika yaxlit bo‘ladi.

       Ginkgo - ikki uyli o‘simlikdir: uning mikro - va makro-sporangiylari har xil individda hosil bo‘ladi.

       1-5 biz o‘tmaymiz, bular yo‘q bo‘lib ketgan.

 

 

IGNA BARGLILAR



 

       Bu sinfga 6 ta oila,40 avlod,450 tur kiradi. Bular xozirgi zamon iqlimiga ham  moslashgan. Ignabarglilar sinfiga daraxtlar, qisman butalar kiradi. Bu sinfga kiruvchi o‘simliklardan yer yuzida ko‘p tarqalganlari: Sosna-qarag‘ay, archa, pixta, kiparis, mojevelnik va  boshqalar. Igna barglilarning bargi qattiq, ensiz, ignasimon, ba’zan  tangachasimon bo‘lib, yosh shoxchalarda spiral yoki qarama-qarshi joylashgan. Igna barglilarning barglari ko‘pchiligi ignasimon bo‘lgani uchun ularga shunday nom berilgan. Igna barglilar  asosan  monopodial, qisman  simpodial  tipda shoxlanadi. Mas: Mamont  daraxti  simpodial  tipda shoxlangan bo‘ladi. Bu daraxt yer yuzida uchraydigan daraxtlarning eng  kattasidir. Uning  bo‘yi 150m, eni esa 40 m bo‘lib u uzoq yil yashaydi.

       Igna bargli o‘simliklarning ildizida ildiz  qini  bo‘l-maydi. Ildiz qini o‘rnida  ektotrof  mikorizalar  bo‘ladi. Igna  barglilar jonsiz va jinsli yo‘lda ko‘payadi. Igna barglilarga vakil qilib oddiy qarag‘ay-sosna obыknovennayani  olamiz. Oddiy qarag‘ay 1 uyli doim yashil 2 jinsli o‘simlik bo‘lib, yer yuzida juda ko‘p tarqalgan. Qarag‘ay daraxti-ning bo‘yi 40-50 m  bo‘lib, u  500 y-gacha yashaydi. Qarag‘ay daraxtining poyasida va bargida smola yo‘llari bo‘lib, unda smola ishlanib chiqadi. Shuning uchun ham poyasini binokorlikda ko‘p ishlatiladi. Qarag‘ay poyasi uzoq muddatgacha chirimaydi. Qarag‘ayning otalik va onalik gullari g‘uddalarda joylashgan  bo‘ladi. Bu  g‘uddalar  turini o‘zgartirgan barglardan tashkil topgan. Otalik guli-mikrosporalistik, onalik guli esa  makrosporalistik  deb  ataladi. Otalik  gulining pastki tomonida changdon/mikrosporangiyalar taraqqiy etadi. Mikrosporangiya xujayralari reduksion  bo‘linishi  natijasida mikrosporalar, ya’ni changlar hosil bo‘ladi. Chang  2 qavat po‘sti bilan qoplangan.

       1.Ekzina-tashqi qavati

       2.Intina-ichki qavati.

       Qarag‘ayni o‘zi sporofit, changi, urug‘kurtak arxegoniya-game-tofit chang bilan tuxum xujayra qo‘shilib ya’ni  gametofit  bilan  gametofit  diploid jinssiz giploid nasl hosil bo‘ladi.

       Ekzina bilan intina orasida bo‘shliq bo‘lib, u yer havo bilan to‘lgan, shuning uchun ham qarag‘ay changi havoda uzoq muddat tura oladi. Changda 2 xil yadro bor:

       1.Anteridial yadro

       2.Vegetativ yadro

       Onasi g‘uddasi 2 xil turni o‘zgartirgan barglardan tashkil  topgan 1-xili  g‘uddaning tashqi tomonida bo‘lib, qoplag‘ichlik vazifasini bajaradi. Buni "kroyuщaya cheщuya" deyiladi. Bu barg urug‘ hosil qilmaydi. 2  xil bargi urug‘ beruvchi barg-semennaya cheshuya deyiladi. Urug‘ beruvchi bargni pastki tomonida 2 ta urug‘ kurtagi, ya’ni makrosporangiya joylashgan. Urug‘ kurtagi quyidagi qismlardan tashkil topgan.

       1.Urug‘ kurtagining bandi-funikulus.

       2.Urug‘ kurtagining qoplog‘ich to‘qimasi-intugument

       3.Urug‘ kurtagining asosiy to‘qimasi-nutsellus

       4.Chang yo‘li-mikropille

       Urug‘ kurtagining  markazida  bola  qopchig‘i, endosperma xamda 2 ta arxegoniya korpuskula joylashgan. Qarag‘ay  shamol  yordamida  changlanuvchi o‘simlikka kiradi. Qarag‘ay changi shamol yordamida onalik g‘uddasiga kelib tushdi. Onalik g‘uddasidagi urug‘ kurtagining asosiy to‘qimasi-nutsellusga kirib, 1 yil dam oladi. 2-yili una boshlaydi.

       Changning anteredial  yadrosi  2 ga bo‘linadi. Natijada 2 xil yadro hosil bo‘ladi:

             1. Bazal yadro.

             2. Generativ yadro.

       Changning vegetativ yadrosi esa, chang trubkasiga aylanib ketadi. Anteredial yadrodan hosil bo‘lgan bazal yadro chang trubkasining o‘sishiga yordam beradi. Generativ  yadro bo‘linib, 2ta spermiya hosil qiladi. Spermiyalarning 1 tasi chang trubkasi orqali siljib kirib, arxegoniyalarning  1 tasini otalantiradi. 2  arxegoniya otalanmasdan qoladi. Otalangan arxegoniyadan embrion vujudga keladi. Onali g‘uddasida otalanishi  protsessidan  oldin  qizg‘ish  rangda bo‘lib, otalangandan so‘ng yashil rangli bo‘lib qoladi. Urug‘i yetilishi davrida qo‘ng‘ir rangga aylanadi. Qarag‘ayni otalanish protsessini rus olimi Gorojanin tekshirgan. Qarag‘ay poyasidan skipidar, bargidan smola olinadi. Skipidar bod kasalligida surtiladi.

 

IGNANABARGLILAR SINFI

 

       Bu sinfga kiruvchi o‘simliklar 1 uyli 2 jinsli yoki 2 uyli 1 jinsli bo‘ladi. Bularda  smola  yo‘llari  mutlaqo bo‘lmaydi. Ignacha barglilar sinfi quyidagi tartibga bo‘linadi:



       1. Efedralar

       Efedra buta bo‘lib, u tog‘li rayonlarda va cho‘llarda  uchraydi. Efedraning tashqi ko‘rinishi qirqbo‘g‘imga o‘xshab ketadi. Efedra 2 uyli 1 jinsli o‘simlik. Efedradan efedrin degan alkaloid olinadi. Efedrin alkaloidi medi-sinada katta ahamiyatga ega. U bod va boshqa kasalliklarga ishlatiladi.

       1.Velvichiyalar

       Velvichiyalar tartibidan  faqat  1  ta  tur  saqlanib   qolgan. Bu tur, ya’ni Velvichiya  janubiy  Afrikada  o‘sadi. Velvichiyaning  bo‘yi  juda past. Uning 2 ta bargi bo‘lib, bu barg 100 y gacha yashay oladi.



 

 

A D A B I YO T L A R



 

1.     Xrjanovskiy V.G."Kurs obщyey botaniki" II tom  «Vыsshaya shkola»   1982.

2.     Kursanov L.I, Komarnitskiy  N.A, Meyyer  K.I,Razdorskiy  V.F,Uranov. A "Botanika" II tom, O‘simliklar sistematikasi", Toshkent 1972

3.     Jebrak A.R."Kurs botaniki",M.Sovetskaya nauka,1949.

4.     Jukovskiy P.M "Botanika"M,Sovetskaya nauka 1949.

5.     Komilova F,Jonurazov F."Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar","Mexnat" 1986.

6.     G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko.Botanika.M.Iz-vo "Vыsshaya shkola"1990   god.

7.     Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika. T."O‘qituvchi» 1995 yil.
Download 23,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish