Mavzu: Nutqiy ontogenezni dastlabki bosqichlari Reja: Ontogenez turlari va xususiyatlari



Download 66,41 Kb.
bet1/2
Sana08.12.2022
Hajmi66,41 Kb.
#881354
  1   2
Bog'liq
Nutqiy ontogenezni dastlabki bosqichlari


Mavzu: Nutqiy ontogenezni dastlabki bosqichlari
Reja:
1. Ontogenez turlari va xususiyatlari.
2. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishga xos xususiyatlar.
3. Go'daklik va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari
4.Boladagi muammolarning sabablari

Tayanch tushunchalar: Ontogenez, konsepsiya, sporofit, gametofit, zigota, lokomosiya, agressivlik, giperaktivlik, prognoses, egosentrik
Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. Ontogenez organizmning xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va si-fat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez. ketma-ket keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish davrlarini oʻz ichiga oladi. Ontogenez davomida rivojlanayotgan organizmning alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiklashadi. 18-asrda Ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri — preformizm Ontogenez.ni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni struk-turasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.
Hayvonlarda O. jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. O. jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida O.ning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini; embrional davr embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda O.ning 3 tipi maʼlum: 1) lichinkalik — tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm lichinka holida xayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 2) tuxum qoʻyuvchi — murtak uzok, vaqt tuxum ichida rivojlanadi, lichinka davri boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum — tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi. Anʼanaviy ravishda O.ni embriologiya oʻrganar edi. Embriologiyadan rivojlanish biologiyasi ajralib chiqqandan soʻng embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini oʻrganish boʻlib qoldi. Oʻsimliklarda O. urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Oʻsimliklarda O.ning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan, gametofit — unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit ustunlik qiladi, erkak va urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ koʻpayishda O. ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar (ildiz-meva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar O.i embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. O. davrida oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi; yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar paydo qiladi. O.da oʻsimliklarning bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har xil organlar, mas, fotosintez qiluvchi organ — barglar bilan suv va mineral moddalarni shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi orkali taʼminlanadi. O. davomida oʻsimlik oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni miqsoriy oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular O.i koʻp jihatdan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning noqulay omillariga turli xil moslanishlar (tinim holati, fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli ular faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi.
Predmetli faoliyatda belgilangan taasssurotlarning to‘planishi bola nutqining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat so‘z ortida real dunyo obrazlari turgandagina bu so‘zning o‘zlashtirilishi muvaffaqiyatli kechadi. Agar bola, ma’lum bir sababga ko‘ra, bu yoshda nutq rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitdan mahrum bo‘lsa, unda yo‘qotilgan imkoniyat o‘rnini to‘ldirish oxir-oqibat juda murakkab bo‘lib qoladi, chunki bu yosh nutq rivojiga nisbatan senzitiv (sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o‘zlashtirilishi ancha samarali kechadi.
Ilk bolalik yoshi – bolada faol nutq shakllanishi davridir. Bir yarim yoshgacha bola 30-40 tadan 100 tagacha so‘z o‘zlashtiradi, ikkinchi yil oxirida bola 300 tagacha, uchinchi yil oxirida esa 1500 tagacha so‘z ishlatadi.
Nutq rivojlanishi ona tilining tovush xususiyati va grammatik tuzilishini egallashni taqozo etadi. Dastlab bola nutqni so‘zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo‘li bilan qabul qilsa, ikkinchi yil oxiriga kelib u ona tilining barcha tovushlarini fonematik qabul qiladigan bo‘ladi va shu asosda lug‘at va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadi. Faol nutqning shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish. Bolalik avvalida bola atrofidagi predmetlar xususiyatini, predmetlar orasidagi eng oddiy aloqalarni ilg‘aydi va ulardan foydalana boshlaydi. Bu predmetli faoliyat, oddiy elementar o‘yin shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bog‘liq ravishda ro‘y beruvchi keyingi aqliy rivojlanish uchun asos bo‘ladi. Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o‘zi o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi.
Ko‘rish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabul qilish ham rivojlanadi. Ayniqsa fonematik eshitish jadal rivojlanadi. Odatda, ikkinchi yil so‘ngida bolalar ona tilining barcha tovushlarini qabul qiladi. Biroq fonematik eshitishning mukammallashishi keyingi yillarda ham ro‘y beradi.
Fikrlash rivoji uchun vositali harakatlar juda muhim. Vosita bolaning predmet dunyosiga ta’sir qilishiga xizmat qiladi. Bola eng katta tajribani kattalar bilan nutqiy muloqot natijasida qabul qiladi.
²ayotning uchinchi yilida bola aqliy rivojlanishida muhim siljish sodir bo‘ladi – ongning belgili (yoki ramziy) funksiyasi shakllana boshlaydi. U bir ob’ekt o‘rnini bosuvchi sifatida boshqa bir ob’ektdan foydalanish imkoniyatidan iborat. Bunda predmetlar bilan emas, balki ularning o‘rnini bosuvchilar bilan harakat amalga oshiriladi.
Turli belgilar va ularning tizimidan foydalanish – inson psixikasining o‘ziga xos eng xarakterli xususiyati. Belgilarning har qanday turi (til, matematika ramzlari, surat va musiqada mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi, predmet hamda hodisalar vazifasini bajaradi va anglatadi. Erta yoshda belgili funksiya dastlab amaliy faoliyat bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi va faqat keyinchalik so‘zlardan foydalanishga o‘tiladi.
Bola va katta yoshdagi odam. Ontogenezda kattalar bilan muloqot bolalarda birdaniga paydo bo‘ladi, ancha keyin esa bolaning tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatiladi.
Rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar bola xulq-atvorini o‘ziga xos tarzda o‘zgartiradi. Kattalar avvalgidek etakchi o‘rin tutsa-da, bola o‘z amaliy hayotining tor muhiti va u qadar katta bo‘lmagan imkoniyatlari doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishga intiladi. YAngi tendensiyalar bola faolligini («men o‘zim») kuchaytiradi va kattalar bilan yangi munosabatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu davr tanqidiy davr («uch yosh tangligi, krizisi») deb ataladi, ya’ni kattalar bolalar bilan munosabatda yangi qiyinchiliklarga duch kela boshlaydilar. Bunda bola o‘zining negativizmi va qaysarligi bilan bardosh berib bo‘lmas darajaga etishi mumkin.
Uch yosh tangligi o‘tkinchi hodisa, lekin uning natijasi – boshqalardan o‘zini ajrata bilish, boshqa odamlar bilan o‘zini taqqoslash bolaning psixik rivojlanishida muhim qadamdir. Kattalarday bo‘lishga intilish faqat o‘yin shaklidagina nisbatan to‘liq echimini topishi mumkin (faqat o‘yinda bola do‘konga borishi, tushlik tayyorlashi, raketada kosmosga ucha olishi mumkin). SHuning uchun ham uch yosh tangligi bolaning o‘yin faoliyatiga o‘tishi bilan hal etiladi.
4. Bolaning maktabgacha yoshda rivojlanishining psixologik xususiyatlari
Maktabgacha bolalikda (3 yoshdan 7 yoshgacha) organizmning jadallik bilan voyaga etishi davom etadi. Ayniqsa, ikkinchi signal sistemasi jadal rivojlanadi. Bolada oddiy majburiyatlar majmui paydo bo‘ladi.
Bolada tengdoshlari bilan ma’lum bir munosabatlarning Yuzaga kelishi, «bolalar jamiyati»ning shakllanishi maktabgacha yoshning muhim xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning boshqa odamlarga ichki pozisiyasi o‘z «men»i va o‘z harakatlari ahamiyatini tobora anglab borishi, kattalar dunyosiga, ularning faoliyati va o‘zaro munosabatiga katta qiziqishi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi ijtimoiy vaziyati xususiyatlari unga xos bo‘lgan faoliyat turlari, ayniqsa, sYujetli-rolli o‘yinlarda aks etadi. Zarur bilim va qobiliyatlarsiz kattalar dunyosiga yaqinlashishga urinish bolani uning uchun imkoni bo‘lgan o‘yin shakliga olib keladi. Bola rivojlanishi uchun maktabgacha muassasalar tizimi, ayniqsa, bog‘cha yaxshi sharoit yaratadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, psixik rivojlanish va maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasi bolalar bog‘chasida tarbiyalangan bolalarda bog‘chaga bormaydigan bolalarga nisbatan Yuqori.
Maktabgacha yoshda sensor idrok, ayniqsa, ko‘rish va eshitish orqali qabul qilish sezilarli rivojlanadi. Bola ongli ravishda rasm chizadi va musiqiy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi. U unga qanday surat yoki musiqa yoqishini, qaysilari yoqmasligini aytishi mumkin. Biroq u hali musiqani to‘liq va differensiyalangan holda qabul qilmaydi.
Ko'pincha, bolada (bolalarda) psixologik muammolar u bilan iliq, yaqin va ishonchli munosabatlar bo'lmaganida paydo bo'ladi. Bundan tashqari, agar bolalar ota-onalari juda ko'p narsani talab qilsalar, bolalar "qiyin" bo'lishadi: maktabdagi muvaffaqiyat, rasm chizish, raqsga tushish, musiqa. Yoki agar ota-onalar go'dakning hazil-mutoyibalariga juda qattiq munosabatda bo'lishsa, uni qattiq jazolaydilar. Shuni ta'kidlash kerakki, barcha oilalar tarbiyada qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Ota-onalarning tarbiya jarayonida qilgan xatolari keyinchalik inson hayotiga kuchli ta'sir qilishi mumkin. Va ularni butunlay yo'q qilish har doim ham mumkin emas.
Ko'pincha, bolaning noto'g'ri xatti-harakatlari ma'lum bir yoshga va rivojlanish davriga to'g'ri keladi. Shuning uchun bu qiyinchiliklarga nisbatan tinchroq munosabatda bo'lish kerak. Ammo agar ular uzoq vaqt ketmasa yoki yomonlashsa, ota-onalar chora ko'rishlari kerak. Ko'pgina ota-onalar duch keladigan bolalarda (bolada) eng ko'p uchraydigan psixologik muammolar:
Agressivlik - u o'zini turli yo'llar bilan namoyon qilishi mumkin. Bola qo'pol bo'lishi mumkin, ko'pincha qichqiradi, tengdoshlari bilan janjallashadi. Ota-onalar chaqaloqdagi his-tuyg'ularning haddan tashqari tajovuzkorligini e'tiborsiz qoldirmasliklari kerak. Ba'zida bu xatti-harakatlar oila va jamiyatda qabul qilingan taqiq va qoidalarga qarshi norozilikdir. Agressiv bolalar juda tez-tez bezovta va zo'riqishadi. Ular uchun tengdoshlari bilan muloqot qilish qiyin, ular murosaga erisha olmaydilar. Farzandingiz bilan ochiqchasiga gaplashishingiz va ushbu xatti-harakatning oqibatlarini tushuntirishingiz kerak.
G'azab hujumlari - ko'pincha juda yosh bolalarda uchraydi. Ular biron bir kichik narsadan g'azablanadilar, histerik holatga tushadilar, erga yiqiladilar. Bolaning bunday xatti-harakati bilan ota-onalar o'zini tutishi kerak, uning xatti-harakatlarini e'tiborsiz qoldirishi kerak va eng yaxshisi uni bir muddat yolg'iz qoldiring.
Giperaktivlik. Ko'pincha bu muammo o'g'il bolalar uchun odatiy holdir. Bunday bolalar beparvolik bilan ajralib turadi, ular sinfda o'qituvchini tinglamaydilar, ular tez-tez va osonlikcha chalg'itadilar, ular boshlagan ishlarini hech qachon tugatmaydilar. Ular dürtüsel, ular bir joyda o'tirolmaydilar. Bolaning bu xatti-harakati ham ijtimoiy, ham aqliy, ham hissiy, ham aqliy rivojlanishga ta'sir qiladi. Bolalardagi ushbu psixologik muammoning sabablari to'liq tushunilmagan. Uzoq vaqt davomida giperaktivlik yomon tarbiya, asabiylashish va oiladagi noqulay muhit bilan bog'liq edi. Ba'zi olimlar giperaktivlikni bolalarning ijtimoiy-psixologik muammolari bilan izohlashadi. Biroq, tadqiqotlar natijasida ushbu psixologik muammo biologik sabablar va noqulay muhit bilan bog'liqligi isbotlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun dorilar buyuriladi, og'ir holatlarda chuqurroq davolanish amalga oshiriladi.
Ovqatlanish muammolari tuyadi etishmasligida namoyon bo'ladi. Ovqatlanishdan bosh tortish - bu e'tiborni jalb qilishning bir usuli, ba'zida bu stolda noqulay muhit bilan bog'liq, agar bola shu daqiqada doimo ko'tarilib yoki tanqid qilinsa. Agar uning ishtahasi bo'lmasa va u ovqatlanishga majbur bo'lsa, unda u ovqatdan nafratlanishi mumkin, eng rivojlangan holatda anoreksiya rivojlanishi mumkin.
Ko'pincha, bolaning noto'g'ri xatti-harakatlari ma'lum bir yoshga va rivojlanish davriga to'g'ri keladi. Shuning uchun bu qiyinchiliklarga nisbatan tinchroq munosabatda bo'lish kerak. Ammo agar ular uzoq vaqt ketmasa yoki yomonlashsa, ota-onalar chora ko'rishlari kerak. Ko'pgina ota-onalar duch keladigan bolalarda (bolada) eng ko'p uchraydigan psixologik muammolar:
Agressivlik - u o'zini turli yo'llar bilan namoyon qilishi mumkin. Bola qo'pol bo'lishi mumkin, ko'pincha qichqiradi, tengdoshlari bilan janjallashadi. Ota-onalar chaqaloqdagi his-tuyg'ularning haddan tashqari tajovuzkorligini e'tiborsiz qoldirmasliklari kerak. Ba'zida bu xatti-harakatlar oila va jamiyatda qabul qilingan taqiq va qoidalarga qarshi norozilikdir. Agressiv bolalar juda tez-tez bezovta va zo'riqishadi. Ular uchun tengdoshlari bilan muloqot qilish qiyin, ular murosaga erisha olmaydilar. Farzandingiz bilan ochiqchasiga gaplashishingiz va ushbu xatti-harakatning oqibatlarini tushuntirishingiz kerak.
G'azab hujumlari - ko'pincha juda yosh bolalarda uchraydi. Ular biron bir kichik narsadan g'azablanadilar, histerik holatga tushadilar, erga yiqiladilar. Bolaning bunday xatti-harakati bilan ota-onalar o'zini tutishi kerak, uning xatti-harakatlarini e'tiborsiz qoldirishi kerak va eng yaxshisi uni bir muddat yolg'iz qoldiring.
Giperaktivlik. Ko'pincha bu muammo o'g'il bolalar uchun odatiy holdir. Bunday bolalar beparvolik bilan ajralib turadi, ular sinfda o'qituvchini tinglamaydilar, ular tez-tez va osonlikcha chalg'itadilar, ular boshlagan ishlarini hech qachon tugatmaydilar. Ular dürtüsel, ular bir joyda o'tirolmaydilar. Bolaning bu xatti-harakati ham ijtimoiy, ham aqliy, ham hissiy, ham aqliy rivojlanishga ta'sir qiladi. Bolalardagi ushbu psixologik muammoning sabablari to'liq tushunilmagan. Uzoq vaqt davomida giperaktivlik yomon tarbiya, asabiylashish va oiladagi noqulay muhit bilan bog'liq edi. Ba'zi olimlar giperaktivlikni bolalarning ijtimoiy-psixologik muammolari bilan izohlashadi. Biroq, tadqiqotlar natijasida ushbu psixologik muammo biologik sabablar va noqulay muhit bilan bog'liqligi isbotlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun dorilar buyuriladi, og'ir holatlarda chuqurroq davolanish amalga oshiriladi.

Download 66,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish