Mahobatli rangtasvir san’ati



Download 23,22 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi23,22 Kb.
#569125
Bog'liq
Mahobatli rangtasvir san\'ati


Mahobatli rangtasvir san’ati
“Monumental” san’at asarlari uchun birinchi navbatda mavzuning katta hajmda va shaklda bajarilishi ahamiyatli hisoblanadi. Kompozitsiyaning asosiy unsurlari (hajmdorligi, simmetriya, ohang, perspektiva, rang yechimi va hokazolar) mahobatli asarning pannoning bajariladigan joyiga qarab o’zgaradi. “Monumental” asar uzoqroq masofadan turib, tasavvur qilish uchun esa kompozitsiyadan plastik hajmlarni yaxlit va umumlashtirish, masofa, tasvir va rang yechimini ham aniqlash kerak bo’ladi. Kerakli darajadagi mavzuni va voqelikni umumlashtirib allegoriya ya’ni timsol shaklida berishga katta e’tibor beriladi. Mahobatli rangtasvir san’atini keng ma’nodagi inson va uning jasoratini, go’zalligini va irodasini ifodalash bilan birgalikda dekorativ, estetik dunyoqarashi va didni tarbiya etadi.
“Dekorativ monumental” turi bo’lgan san’atga asosan, turli bog’ haykallari va me’morchilik guruhining bo’lagi bo’lgan har xil haykallar misol bo’ladi. Kompozitsiyada har xil plastik bajariladigan tasvir ashyosini – materialini ham hisobga olingan bo’lishi lozim.
“Mozaika”, “freska”, “vitraj”, “relyef”, “panno” - namoyon kabilar mahobatli rangtasvirining o’ziga xos turlari bo’lib, ma’lum texnik tasvir vositalariga ega.
“Mozaika” deb, “smalta”, marmar, koshin – sopol plitka, hamda mayda naqsh yoki tasvirni aytamiz. Marmar “plita”lar mozaikada keng qo’llaniladi, marmar, keramik mozaika tashqi va ichki devorlarga sport inshoatlarida, Toshkent metropoliten bekatlari bezagida ishlatilgan.
Bunga Toshkent shahridagi “Paxtakor”, “G’ofur G’ulom”, “Olmazor” metro bekatlarining bezaklari misol bo’la olishi mumkin.
“Freska” - bu eng qadimgi san’at turilaridan biri bo’lib, u devorga chiziladi. Ranglarni suv bilan aralashtirib ho’l suvoq qatlamiga ishlanishi, freskaning o’ziga xos xususiyatlaridir.
Freska boy rangtasvir imkoniyatlariga ega va ko’pincha xona ichida (inter’yerda) bajariladi. Bunga Mikelandjeloning Vatikandagi, “Sekstin kapella”si, Ch.Axmarovning Alisher Navoiy teatri devoriga “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun”, dostoniga ishlangan freskalari misol bo’la oladi.1
“Panno”ni freskadan farqi shundaki, u grunt ishlov berilgan devorga, shipga o’rnatilgan xolstga bajariladi. Tasvirlash vositasi sifatida tempera, moybo’yoq ishlatiladi. Mazkur kompozitsiyani bajarishda uning hajmi, tomoshabinning uzoq masofada turib ko’ra olishini hisobga olish lozim.
Vitraj - qadimgi mahobatli bezak san’at turidir. U o’zidan yorug’ o’tkazuvchi rangli shishalardan yasalgan naqsh yoki mavzuli kompozitsiya.
Rangli shishalarni yuksak mahorat bilan tanlab metal simlar bilan bog’lanadi. Vitraj asosan deraza, eshik va boshqa xonalarda joylashtiriladi u xonaga chiroy beradi. Keyingi paytlarda vitraj inter’yerda, kafe, maktab xonalarida keng qo’llanilmoqda.
Devorlarga ishlangan barcha mahobatli kompozitsiyalar uy me’morligi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak, hamda go‘zallik, uyg’unlik, yaxlitlik o‘z aksini topishi kerak.2
San’at o’z vositalari yordamida dunyoni tan olish, insonda ma’naviy sifatlarni shakllantirish, ongli sezgilarni, dunyoqarashni kengaytirish bilan chegaralanmaydi, balki qobiliyat va iqtidor kabi ta’limiy sifatlarni ham uyg’unlashtiradi. San’at asosida badiiy jismlar orqali tevarak atrofdagi, hayotda yuz berayotgan barcha narsalarni haqqoniy tasvirlash kabilarda o’z ifodasini topadi. Yuqorida qayd qilinganidek, rangtasvir asarlarida ham kelgusida insonning ish faoliyatida yangi shakldagi estetik xususiyatlar tarkib topishi bejiz emas. O’zbekiston hududida qadimdan yaratilgan asarlar ichida faqat haykaltaroshlik, amaliy san’at namunalari balki ko’p sonli devoriy sur’atlar ko’zga tashlanib, o’z jozibasi bilan barchani o’ziga maftun etganligi sir emas. Bunday noyob san’at asarlarining ko’pchiligi yo’qolib ketgan bo’lsada, Afrosiyob qal’alari yoki Varaxsha qo’rg’onlarida bajarilgan mahobatli rangtasvir asarlari barchamizga o’z davrining maishiy hayotidan ko’pgina sir-sinoatlar haqida so’zlab berishga qodirligi haqida shubhamiz yo’q.3
Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda bu sanʼat qad. va oʻrta asrlar davrida rivojlandi. Bu davrda shohlar, zodagonlarning uylari, saroy va ibodatxonalar koʻp shaklli, harakatga boy rassomlik asarlari bilan ziynatlandi (Tuproqqalʼa, Varaxsha, Bolaliktepa, Afrosiyob va boshqalar), Temur va temuriylar davrida ham mahobatli rangtasvirning ajoyib namunalari yaratilgan.4
O’zbek xalqi o’zining qadimiy yuksak madaniyati va san’ati bilan faxrlansa arziydi. Buni O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari yaqqol isbotlaydi. Xususan, Varaxsha, Afrosiyob, Xalchayon, Tuproqqa’la, Bolaliktepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Ajinatepa, Teshikqal’a va boshqa bir qator qadimiy shahar, qal’a, ibodatxonalardan topilgan yuksak badiiy saviyada yaratilgan devoriy rasm, haykaltaroshlik asarlari, amaliy san’at buyumlari fikrimizning dalilidir. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi san’at namunalari o’zbek halqining juda qadimdan, madaniyat va san’at sohibi bo’lganligidan, bu yerda yuksak badiiy saviyada asarlar yaratilganligidan darak beradi.



1 T.Qoziyev. A Egamov. T.Qanoatov Rangtasvir .Т.2003 y. 11 bet

2 А.Аmanullayev “Rangtasvir” 2005 yil. 5 bet

3 O.Muinov. “Rangtasvir”. 2007 yil-17b.

4 Абдирасилов С.Ф., Бойметов Б.Б., Толипов Н.Х. Тасвирий санъат.–Т.: 2010. 35 б

Download 23,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish