Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi 1-kurs 21. 53-guruh talabasi Mirzaabdullayeva Mohinurning «Qirqquloqtoifa bo’limi»



Download 0,74 Mb.
bet2/11
Sana12.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#778693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qirqquloqtoifa bo’limi

Mavzuning ahamiyati: Paleozoy erasining devon davrida yo'sinlar, plaunlar, qirqbo'g'imlar, qirqquloqlar vujudga kelgan. Yo'sinlar rizoidlar, sodda tuzilishga ega poya va barglardan iborat. Ularning barglari fotosintezni amalga oshiradigan bir qavat hujayradan iboratligi va poyasida o'tkazuvchi to'qimaning bo'lmasligi ularning sodda tuzilishga ega ekanligini ko'rsatadi.
Qadimgi qirqbo'g'imlar, masalan, kalamitlaraing bo'yi 25 metrgacha yetgan, lekin perm davridan ular yoppasiga qirila boshlagan. Hozirgi qirqbo'g'imlar ko'p yillik o't o'simliklar bo'lib, ularning vegetativ organlari ildiz, poya va barglardan iborat. Barglari mayda, poya va shoxlaridagi bo'g'imlarda halqa hosil qilib o'rnashgan. Ular sporalari orqali ko'payishdan tashqari, ildizpoyalari orqali vegetativ ko'paygan.
Muhit ancha quruq bo'igan devon davriga nisbatan toshko'mir davrida havo ancha nam va issiq bo'lganligi sababli qirqquloqlarning rivojlanishi, ulkan qirqquloqlarning vujudga kelishiga zamin yaratilgan.
I. BOB. 1.1. Adabiyotlar sharxi
Yuksak o’simliklar — evolyutsion taraqqiyot natijasida murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlgan, tanasi poya va bargga differensiyalangan oʻsimliklar. Ularda koʻp hujayrali murtak (embirion) hosil boʻladi. Yuksak oʻsimliklarga xos belgilardan biri jinsiy (gametofit) va jinssiz (sporofit) nasllarning gallanishidir. Yuksak oʻsimliklar 3000 ga yaqin turdan iborat 9 boʻlimni oʻz ichiga oladi. Bularga: riniotoifalar zosterofiltoifalar, yoʻsintoifalar, plauntoifalar, psilotoifalar, qirqboʻgʻimtoifalar, qirqquloqtoifalar, qaragʻaytoifalar, magnoliyatoifalar kiradi. Yuksak oʻsimliklar tanasining murakkab tuzilganligi, yerda oʻsishga moslashganligi, jinsiy va jinssiz koʻpayishi bilan tuban oʻsimliklardan farq qiladi. Yuksak oʻsimliklar sporofitida koʻp hujayrali sporangiylar hosil boʻlib, ularda harakatsiz sporalar yetishadi. Gametofitshxa jinsiy organlar paydo boʻladi. Sporofit, odatda, barg , poya va ildizga boʻlingan. Koʻpincha Yuksak oʻsimliklarda oʻtkazuvchi toʻqima — ksilema va floema rivojlangan. Epidermiskutikula va bargida ogʻizchalar boʻlishi Yuksak oʻsimliklar uchun xos. Yuksak oʻsimliklar birorta dengiz suvoʻtlaridan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Yuksak oʻsimliklarning qazilma qoldiqlari silur davridan maʼlum.
Yuksak o`simliklarni bo`limlarga bo`linishi. 
1. Riniyatoifalar –Rhyniophyta
2. Zoosteriofittoifalar - Zoosterophyta
3. Yo`sintoifalar -Bryophyta
4. Plauntoifalar - Lycopodiophyta
5. Psilottoifalar - Psilotophyta
6. Qirqbo`g`imtoifalar - Eqvisetophyta
7. Qirqquloqtoifalar  - Polypodiophyta
8. Karag`aytoifalar yoki Ochik urug`lilar - Pinophyta
9. Magnoliyatoifalar yoki gulli o`simliklar - Magnoliophyta, Anthophyta.
Yuksak usimliklar kelib chiqishi bo`yicha yashil suvo`tlarning eng qadimgilaridan hisoblanadi, Ularning kelib chiqishi va rivojlanishi ikki hil yo`nalishda, gametofit va sporofit nasl ustunligida bo`ladi. Ularni dastlabki ajdodlari tuban o`simliklar hisoblanadi. Ko`pchilik olimlar, qadimgi (proterozoy erasidagi) yashil suvo`tlari ularni dastlabki ajdodlari deb hisoblashadi. Bunga sabab shuki, qadimgi proterozoy erasida yashab so`ng yo`qolib ketgan yashil suvo`tlarda 2 xivchinli spermatozoidlarning bo`lishi aniqlangan. Shuningdek ularda xlorofill, xloroplastlar va boshqa pigmentlarning bo`lishidir. Ba`zi olimlar yuksak o`simliklarning qadimgi ajdodlari deb hozirda bir muncha taraqqiy etgan qo`ng`ir suvo`tlarini ham keltirib o`tadi, lekin uni tasdiqlovchi, dalillar hozircha etarli emas.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish