Tug'ilgan kuningiz muborak do'stim.
"Sevgimizga..."
Sevgimizga o't yoqing bugun,
Mana olov to'xtamang aslo,
Ikkiga ajraldi yuraklar bugun,
Ishongan ishqimiz ekanda ro'yo.
Sevgimizga o't yoqing bugun,
Xotiralar qolmasin sizdan,
Ayro bo'lgan yo'limiz uzun,
Bir esdalik qolmasin mendan.
Sevgimizga o't yoqing bugun,
Ne qilamiz shu ekan taqdir,
Kurashmasdan yengildik bugun,
Bizlar emas boshqalar haqdir.
Sevgimizga o't yoqing bugun,
Armon bo'ldi bizning orzular,
Bo'lolmadik bizlar bir butun,
Hamrohimiz endi qayg'ular.
Sevgimizga o't yoqing bugun,
Xursand bo'lsin bizga qarshilar,
Yurak yig'lar yig'laydi beun,
Do'stlaringiz bilan baham: |