"ONA"
Nega bugun yana yiģlading ONA?
Kòksingga bir mushtni mushlading ONA,
Ojiz qalbingga ayt kim berdi ozor,
Dardingni yashirmay sòzlagin ONA.
Òģling bòlmagani qilarmi alam,
Dardingga tòrt qizing bòlmasmi malham,
Yoningda parvona bòlamiz har dam,
Nega bugun yana yiģlading ONA?
ONA kulib yurgin, qilmay havotir,
Sòzlaring bir mayin tonggi sabodir,
Sening borliging-la bu olam bordir,
Nega bugun yana yiģlading ONA?
Seni charchatmasin fisq-u fasodlar,
Qolmasin sira ham kònglingda dardlar,
Yaqin qoldi mana, sen kutgan baxtlar,
Nega bugun yana yiģlading ONA?
Sening izdoshingdur shoira qizing,
Albat oqlagaydur bergan non- tuzing,
Shodlikka tòladi bahor-u kuzing,
Bòldi yiģlamagin faqat kul ONA!!!
"Dadajon"
Oila suyanchi, nurli bir inson,
Soģ bòling hamisha bòling siz omon,
Qizlaringiz sizni òylaydi har on,
Yaxshiyam yonimizda borsiz dadajon.
Ishlaysiz, tinmaysiz doim biz uchun,
Malikamiz bizlar, siz qirol uchun,
Onajonim shodon baxtidan bugun,
Yaxshiyam yonimizda borsiz dadajon.
Bizga yarashadi faqatgina baxt,
Kerakmas saroylar, kerakmasdur baxt,
Duodamiz bizlar hamisha, har vaqt,
Yaxshiyam yonimizda borsiz dadajon.
Qalbimizda sizga cheksiz bir hurmat,
Tilloga teng sòzingiz bizlarga davlat,
Katta-yu kichikni qilasiz izzat,
Yaxshiyam yonimizda borsiz dadajon.
"Ona"
Mehringiz oldida ojizman ONA,
Olisdasiz bugun yolg'izman ONA,
Meni xarob qildi o'n kunlik sog'inch,
Yig'lashga mador yo'q holsizman ONA.
Yoqmayapti hatto do'stlar davrasi,
Yana ortiqchadur zaharxandasi,
Kutyapman intizor bo'lib shanbani,
Allohning chidamsiz men bir bandasi.
Boshqacha edida bolalik davri,
Alla eshitib so'ng kelardi uyqu,
To'g'ri talabalik davri oltin davrdur,
Lek hozir sig'maydi yurakka kulgu.
Shunchalar ko'p yaxshi ko'raman ONA,
Shanba kun qishloqqa uchaman ONA,
Eng yaqin do'stim ham sizdek bo'lolmas,
Sizni deb dunyodan kechaman ONA.
"Ota-ona"
Dunyoda sizlardek mehribonlar yòq,
Mehringizdan yongan yuraklarda chòģ,
Sizlar bor baxtlimiz kòngillar ham tòq,
Baxtimizni kòrib yuring onajon,
Dunyolar turguncha turing otajon.
Farzand tashvishidan yuzda ajinlar,
Oģir mehnat ila òtgan bu yillar,
Sizlardek zotlarni Allohim qòllar,
Baxtmizni kòrib yuring onajon,
Dunyolar turguncha turing otajon.
Hajlarga jònatish eng oliy istak,
Kònglingiz olay deya bu jonlar halak,
Yuzidan nur yoģgan sizlar bir malak,
Baxtimizni kòrib yuring onajon,
Dunyolar turguncha turing otajon.
Nevaralar tòyin kòrib yuringlar,
Shunday zamonlarda davron suringlar,
G'amlar kòrmay sira, shodon bòlinglar,
Baxtmizni kòrib yuring onajon,
Dunyolar turguncha turing otajon.
Òylamanglar endi turmush tashvishin,
Duo-la qòllashingiz yetadi bugun,
Bizlar omon, dunyoda sizlar bor uchun,
Baxtimizni kòrib yuring onajon,
Dunyolar turguncha turing otajon.
Do'stlaringiz bilan baham: |