Gul umrimni qildingiz xazon,
Uchratmadim sizday yuzsizni,
Siz bir razil , va'dasi yolg'on,
Aldadingiz necha gulyuzni.
Sevgi sizga oddiy bir o'yin,
Siz undagi mohir o'yinchi,
Sevib yashash siz uchun qiyin,
Xiyonatda sizsiz birinchi.
Ta'sir qilmas sizga so'zlarim,
Gapirsamda bari befoyda,
Ochildiku endi ko'zlarim,
Siz aldaysiz hattoki oyda.
"Dunyoni anglash"
Bunchalar qiyin bu dunyoni anglash,
Tushunmay qolyapman hatto o'zimga,
So'qmoq yo'lda kezib yaxshilik izlash,
Javob berolmadim aytgan so'zimga.
Odamlar boshqacha, odamlar har xil,
Halol mehnat qilib topadi rizqin,
Odamlar boshqacha, kuyar ba'zan dil,
Do'stlaringiz bilan baham: |