Sizni sevishimni qanday aytaman,
Balki hali yana uzoq kutaman.
Bedor òtkazaman uzun tunlarni,
Hayol qilib baxtli òtar kunlarni,
Ado qilyapsizda ojiz dillarni,
Sizga sevishimni qanday aytaman,
Balki hali yana uzoq kutaman.
Mening guvohimdur qoģoz va qalam,
Òzgaga boqsangiz qiladi alam,
Bildirmay òrtanib chekamanda ģam,
Sizga sevishimni qanday aytaman,
Balki hali yana uzoq kutaman.
Men telba oshiq, lek òzbek qiziman,
Ota-onam erkasi yoruģ yuziman,
Hayoli Kumushning borar iziman,
Shunga sevishimni qanday aytaman,
Mayli hali yana uzoq kutaman.
"Toki yurak urar..."
Toki yurak urar yashaydi odam,
Boriga yo'g'iga chidaydi odam,
Do'stlaringiz bilan baham: |