Mayning oxiri. Men suygan bahor,
Xotiradan kechib ketolmam zinhor,
Yomg'ir yog'ar. Ha o'sha yomg'ir,
O'tmishimni yodga soladi takror.
Barchasi yashirin, tuyg'ular pinhon,
Shundan bo'ldi barcha orzular armon,
So'zlarim tinglang do'stim ozgina,
Menga oson bo'lmadi, bo'lmaydi oson.
O'zimni anglamay qoldimda bugun,
Daryo bo'ldi yoshlar yig'ladim bu tun,
To'g'ri kechish kerak, barin unutish,
Balki shunda qaytar hayotga mazmun.
Ko'zdagi yoshimga o'xshaydi yomg'ir...
"Kulgularimga..."
Afsus anglolmaysiz dildagi dardim,
Bunchalar olisda men kutgan baxtim,
Ulgurmam hech ishga qoldi oz vaqtim,
Ishonmang mening bu kulgularimga,
Ko'mildim men bugun qayg'ularimga.
Do'stlaringiz bilan baham: |