Eng baxtli insonlardan biri siz bo'ling,
Meni unutib siz bir yaxshilik qiling,
Axir sevolmayman sizni hech qachon.
"Do'stlik..."
Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch,
G'amli kuningizda do'st bo'lar yupanch,
Sizga hadya eta olar bir olam quvonch,
Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch.
Yolg'on so'zlar so'zlamang,kerakmas aslo,
Do'stlar-la uy obod,go'zal bu dunyo,
So'zlarimni tinglang, unutmang ammo,
Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch.
Achchiq haqiqatni yuzga so'zlasa,
O'gir kuningizda yordam izlasa,
Siz uchun faqat baxtni ko'zlasa,
Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch.
Sirlaringiz bilar u yaqin sirdosh,
Yurar yo'lingizda bo'lar u yo'ldosh,
Do'stlaringiz bilan baham: |