Baxtim farishtasi o'zing suyanchim,
Abadiy birgamiz ishon sevgilim.
"Men ojizman..."
Men ojizman sizni sevishga,
Do'st bo'lishga ichganman qasam,
Majburmanda doim kulishga,
Qaniydi sizga dilimni ochsam.
Siz-la o'tar kunlarim zavqli,
Siz bo'ldingiz eng yaqin sirdosh,
Yoningizda menman eng baxtli,
Sevib qoldi bu yurak bebosh.
Sevgi ruxsat so'ramas ekan,
Hatto aql berolmas buyruq,
Qalbi ochiq ko'zi ko'r ekan,
Netay sevgi tanlamas oshiq.
Do'stlik shartin buzdim men nodon,
Tushunolmay qoldim o'zimga,
Endi doim qiynalar vijdon,
Yolg'on aralashar endi so'zimga.
"Sog'inganim..."
(Bir hikoya qahramoni tilidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |