Parchalanib bo'lgan bu yurak,
Tiklanmaydi endi hech qachon,
Ayting o'zi sizga ne kerak,
Azoblaysiz yana beomon.
Qo'lingizda tutasiz zahar,
Qutulaman balki shu bilan,
U dunyoga ketsam men agar,
Qutulasiz siz ham shu bilan.
Gul umrimni qildingiz xazon,
Uchratmadim sizday yuzsizni,
Siz bir razil , va'dasi yolg'on,
Aldadingiz necha gulyuzni.
Sevgi sizga oddiy bir o'yin,
Siz undagi mohir o'yinchi,
Sevib yashash siz uchun qiyin,
Xiyonatda sizsiz birinchi.
Ta'sir qilmas sizga so'zlarim,
Gapirsamda bari befoyda,
Ochildiku endi ko'zlarim,
Siz aldaysiz hattoki oyda.
"Dilga ozor berib..."
Do'stlaringiz bilan baham: |