Sevgan-u lek ammo, sevilmaganlar.
"Uzr..."
Kerakmas mehringiz bo'lmang parvona,
Qiynalib yurmangda bo'lib devona,
O'zingizga toping o'zga hamxona,
Uzr, sevolmayman sizni hech qachon.
Siz yaxshi insonsiz buni bilaman,
Sizni aldab ayting nima qilaman,
Do'stlikka rozimisiz do'stiz bo'laman,
Uzur, sevolmayman lekin hech qachon.
To'g'ri farishtamas, oddiy bir qizman,
Bahorin yo'qotgan g'amli bir kuzman,
Armonli yo'llarda qolgan bir izman,
Uzr, sevolmayman sizni hech qachon.
Hissiz toshga aylanib ulgurgan yurak,
Tinch qo'ysangiz bo'ldi menga shu kerak,
Sevgizngizga loyiq o'zga bir malak,
Uzr, sevolmayman sizni hech qachon.
Boshqa qizni sevib, siz ham seviling,
Do'stlaringiz bilan baham: |