Do'stim qayda qoldida iymon,
Axir edik bizlar musulmon,
Urishdan charchadi bu yurak,
Bilmam unga ne bo'ldi falak.
Sof tuyg'ular bo'ldimi arzon,
Ezgu o'ylar, orzular armon,
Titrar ta'nam, og'ridi yomon,
Urishdan charchadi bu yurak,
Bilmam unga ne bo'ldi falak.
Erkakmi-ayol bilib bo'lmaydi,
Ichib olgan o'zin bilmaydi,
Hatto bundan so'qir yig'laydi,
Urishdan charchadi bu yurak,
Bilmam unga ne bo'ldi falak.
Shoir qalbim yig'ladi bugun,
Zimiston tun o'tadi mahzun,
Anglolmadim dunyoni nechun,
Urishdan charchadi bu yurak,
Bilmam unga ne bo'ldi falak.
"Sevilmaganlar"
Kòzidan oqadi bu tomchi yoshlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |