Ishonmang mening bu kulgularimga,
Ko'mildim men bugun qayg'ularimga.
"Sevgi qalbda..."
Dunyoda bor ekan bir go'zal tuyg'u,
Hamrohi bo'larkan shodlig-u qayg'u,
Ba'zan yig'latarkan, ba'zida kulgu,
Sevgi qalbda yashar abadiy mangu.
Ozor berib ba'zan qiynaydi hijron,
Sog'inchda o'rtanib izlaysan imkon,
Oshiqlar orzusi bo'lmasin armon,
Sevgi qalbda yashar abadiy ishon.
Yurak tinchlik bermas istaydi visol,
Kelajak haqida surishar hayol,
Qadam bosib endi asta baxt tomon,
Sevgi qalbda yashar abadiy ishon.
Insonlar o'zgarar, o'zgarar zamon,
Bugun sokin erta toshadi ummon,
Bugun quyosh erta bulutli osmon,
Sevgi qalbda yashar abadiy ishon.
Do'stlaringiz bilan baham: |