Yangi kun muborak aziz yurtdoshim.
Tinchlik mangu, osmon bòlsin musaffo,
Tabiat hadya etgan gòzal bir havo,
Dillarni shod etar kuy-qòshiq navo,
Yangi kun muborak aziz yurtdoshim.
Tandirdan uzildi jizzali patir,
Duoda keksalar yòqdur havotir,
Oila jamuljam end baxt tatir,
Yangi kun muborak aziz yurtdoshim.
Dasturxon boshiga yiģildi barcha,
G'ubor yòqdur dilda zarracha,
Alqar tongni bu yurak parcha,
Yangi kun muborak aziz yurtdoshim.
"Ba'zan..."
Ba'zan kerak bo'ldim, ba'zan keraksiz,
Ishlari tushganda mendan yaxshi yo'q,
Tashladi ketishdi hech bir sababsiz,
Ozorlar tufayli dilga yetdi o'q.
Ba'zan rost so'zladim, ba'zida yolg'on,
Do'stlaringiz bilan baham: |