Bir sòz demay, mayli ketaman,
Ozor chekdi bu sodda yurak,
Allohimdan baxtlar kutaman,
Sirdoshimdur bu zamin-falak.
Soģinasiz bir kuni meni,
Izlarimni izlab qolasiz,
Men unutgan bòlaman sizni
Topa olmay òyga tolasiz.
"Yangi kun.."
Assalom yaqinlar, suyanganlarim,
Dòstim dab bilaman ishonganlarim,
Nurafshon tong otdi-ku mana
Yangi kun muborak aziz yurtdoshim.
Nurin sochar yurtimga sahiy quyosh,
Ishga shòngir katta-kichik, yosh,
Hovlini supurar òsha qalam qosh,
Yangi kun muborak aziz yurtdoshim.
Shukrona aytamiz otgan tong uchun,
Allohim bizlarga bergan baxt uchun,
Òzgacha iftixor qalblarda bugun,
Do'stlaringiz bilan baham: |