Kasbimning ustasi bo‘laman albat,
Dadamning ko‘zlari porlaydi u vaqt,
A'lo o‘qiymanda faqat va faqat,
Musofir yurtlarda yuribti dadam.
"Shu tunning..."
Shu tunning bag'riga singib ketsaydim,
Yulduzlar yonida tongni kutsaydim,
Hech narsani o'ylamay barin unutib,
Quyosh nurlarila baxtga yetsaydim.
Shu tunninng bag'riga singib ketsaydim,
Hayol olislarga ketmoqda yana,
Quvonch-u shodlikni qo'lin tutsaydim,
Bilmadim nechundir titraydi tana.
Shu tunning bag'riga singib ketsaydim,
Esadi ohista mayin bir shamol,
Orzular eshigin asta ochsaydim,
Hamrohim bo'lsaydi yonimda hilol.
Shu tunning bag'riga singib ketsaydim,
Ayriliq hissini tuymasdim aslo,
Do'stlaringiz bilan baham: |