Tanish yoki begonaga ham,
Alloh sizni hech qilmasin kam,
Omon bo'ling ey yaxshi odam.
Qilmadingiz haqqa xiyonat,
Saqlamaysiz dilda adovat,
Ko'ngilda yo'q biror xusumat,
Omon bo'ling ey halol odam.
Siladingiz yetim boshini,
To'qladingiz ochning qornini,
Xushnud qilib keksa ko'nglini,
Omon bo'ling ey sahiy odam.
Obod qilib sahro cho'llarni,
Yaratdingiz bog'-u rog'larni,
Chiroyini ko'ring gullarni,
Omon bo'ling ey bog'bon odam.
Yolg'on so'zdan qilasiz xazar,
G'iybatlardan qochib har safar,
Oxiratda kutadi zafar,
Omon bo'ling ey rostgo'y odam.
"Musofir yurtlarda..."
Ro'zg'or kamlarini to'ldiray deya,
Do'stlaringiz bilan baham: |