Sen bilan kular mening baxtim,
Aslo so'nmas yurakda axdim,
Mazmunisan har onim vaqtim,
Yagonam o'zingsan Dildora.
Qiynamagin bermagin azob,
Orzularim bo'lmasin sarob,
Sensiz qolsam bu holim xarob,
Yagonam o'zingsan Dildora.
Men bir oshiq men bir bechora,
Yuragimni qilma ming pora,
Sevdim degin sen ham bir bora,
Yagonam o'zingsan Dildora.
Sen menga hech tutmagin oson,
So'zlarimda yo'q biror yolg'on,
Baxtim uchun kurashay har on,
Yagonam o'zingsan Dildora.
"Kuzning yomg'iri..."
Bunchalar yoqimli kuzning yomg'iri,
Eshitilar quloqqa maysa shiviri,
Yomg'irga hamroh mayin shabboda,
Bugun bosiladi yerning hovuri.
Do'stlaringiz bilan baham: |