Hamrohingiz bo'lsin quvonch-u shodlik.
Kelinoyi sizni qutlayman bugun,
Tug'ilgan kuningiz bo'lsin muborak,
Ko'zingizda baxtdan porlasin uchqun,
Tugamas sira ham dildagi tilak.
Kelinoyi sizni qutlayman bugun,
Ushalsin sizdagi barcha orzular,
O'zingizni asrang yaqinlar uchun,
Tark etmasin sizni go'zal tuyg'ular.
Kelinoyi sizni qutlayman bugun,
Yurgan yo'llaringiz to'lsin nurlarga,
Dard-alam ko'rmang hech bo'lmangda mahzun,
Munosibsiz go'zal,xushbo'y gullarga.
"Yuragimda mangu yashaysan gulim"
(Yuragimda yashaysan hikoyasi asosida)
Qaytmas bo'lib ketgan mening jayronim,
Baxtli kunlar endi bo'ldi armonim,
Sening yoding bilan o'tar har onim,
Do'stlaringiz bilan baham: |