Yashashlari g'alati.
Guldek umrin qilishib hazon,
Turmaydilar aytilsa azon,
Harom bilan qaynaydi qozon,
Tushunolmam nega buncha
Insonlari g'alati.
Ko'zlarida yashar adovat,
Bir-biriga qilib husumat,
Topmaydilar sira halovat,
Tushunolmam nega buncha
Do'stliklari g'alati.
Boylik bo'ldi ular uchun baxt,
Ortga qaytmas to'xtamaydi vaqt,
Sog'lik bo'lmas tillolardan taxt,
Tushunolmam nega buncha
Qarashlari g'alati.
Har qadamda uchrar xiyonat,
Yurar yo'li bo'ldi razolat,
Bu ne kulfat, bu ne qabohat,
Tushunolmam nega buncha
Sevgilari g'alati.
Atrofni tamom qoplagan zulmat,
Shumi taqdir, peshona, qismat,
Bu ishlarda yo'q biror hikmat,
Tushunolmam nega buncha
Dunyolari g'alati.
"Tabrik"
(Kelinoyijon tug'ilgan kuniz bilan tabriklayman. Bunday tug'ilgan kunlarni ko'pini ko'rib yuring.)
Kelinoyi sizni qutlayman bugun,
Baxtli kunlaringiz bo'lsinda uzun,
Sizga tilagayman tugamas sog'lik,
Do'stlaringiz bilan baham: |