Go'zal yoringizga bo'ling parvona,
U endi siz uchun bo'lsin bir dona,
Ayblamam ammo sizni keta qoling,
O'shal go'zal yoringizni seva qoling.
Nechun menga vafo qilmadi dunyo,
Qaysi xatoyimga olyapman jazo,
Barchasi yolg'onmidi, barchasi ro'yo
Ayblamam sizni ammo keta qoling,
O'shal go'zal yoringizni seva qoling.
Hayajondan bugun titraydi ta'nam,
Sevgimga munosib ota-yu onam,
Taqdirda borini ko'ramiz har dam,
Ayblamam sizni aslo keta qoling,
O'shal go'zal yoringizni seva qoling.
Xotiralar yodga tushganda takror,
Mayli eslab qo'ying siz meni bir bor,
Aytaman sizga men takror va takror,
Ayblamam sizni aslo keta qoling,
O'shal go'zal yoringizni seva qoling.
Do'stlaringiz bilan baham: |