Qiynamang, dilimga solmangda firoq,
Baxshida qilganman sizga borimni.
Ko'ngil faqat bir sizga mushtoq,
Ushalar bir kuni bizning orzular,
Javob topar albat dildagi so'roq,
Hamrohimiz bo'lar go'zal tuyg'ular.
Ko'ngil faqat bir sizga mushtoq...
"Tabrik"
(Mahliyo singlim tug'ilgan kuning muborak bo'lsin. Dunyodagi eng baxtli qiz bo'lgin ilohim)
Baxtingga singlim qilsinlar havas,
Orzular tomon olg'a qadam bos,
Kulib yurgin doim sendan iltimos,
Tavallud ayyoming bo'lsin muborak,
Yog'dular sochmoqda sen uchun falak.
Yonimda qo'llovchi sirdoshim o'zing,
Baxtlardan porlasin shu qora ko'zing,
So'zida turuvchi qaysar ham o'zing,
Tavvallud ayyoming bo'lsin muborak,
Do'stlaringiz bilan baham: |