Men faqat sizni, sizni o'ylardim,
Olislarga ketaman siz qoling endi,
Siz bergan azobdan bu ko'ngil sindi.
Ayting o'zi sizda bormidi yurak,
Yo o'zga go'zalga zormidi yurak,
Sevgini tushunmas toshmidi yurak,
Olislarga ketaman siz qoling endi,
Siz bergan azobdan bu ko'ngil sindi.
Sevganim uchun men bo'ldim gunohkor,
Yor bo'lish istardim sizga vafodor,
Anglamadingizda endi netay yor,
Olislarga ketaman siz qoling endi,
Hammasi tugadi bas endi bo'ldi.
O'zimga tushunmay qoldimda bugun,
Kechiring sizni sevganim uchun,
Dunyoda bo'lsin baxtingiz butun,
Olislarga ketaman siz qoling endi,
Hammasi tugadi bas endi bo'ldi.
"Gulim baxtli bo'lgin..."
Do'stlaringiz bilan baham: |