Istaymizda baxtli bo'lishing singlim.
Tugamaydi ezgu tilaklar bugun,
Yog'du sochar oydin falaklar bugun,
Seni qutlab baxt-omad tilashlik uchun,
Ishon kelar go'zal malaklar bugun.
"Andijondan kelgan oshig'im"
(Iltimosga ko'ra yozdim)
Masofalar bo'ldi-ku yiroq,
Qiynar bizni chorasiz firoq,
Javob topmas dildagi so'roq,
Aytolmadim sizga izhorim,
Andijondan kelgan oshig'im.
Sevardingiz buni bilardim
Sizni o'ylab bedor o'tardim,
Yo'lingizni pinhon kutardim,
Aytolmadim sizga izhorim,
Andijondan kelgan oshig'im.
Chin sevgini qilganman orzu,
Sof edi-ku sizdagi tuyg'u,
Yoningizda bilmasdim qayg'u,
Do'stlaringiz bilan baham: |