Aytolmadim sizga izhorim,
Andijondan kelgan oshig'im.
Yodingizda bormi o'sha kun,
Yomg'ir yog'gan bulutli bir kun,
Paydo bo'lgan yurakda uchqun,
Aytolmadim sizga izhorim,
Andijondan kelgan oshig'im.
Sizni endi kutib intizor,
Yo'lingizga boqaman takror,
Kelsangiz siz tarqalar g'ubor,
Aytaman so'ng sizga izhorim,
Andijondan kelgan oshig'im.
"Olislarga ketaman..."
Unut bo'ldi endi shirin orzular,
Sirdoshim mening g'am-u qayg'ular,
Yurakka ko'mildi barcha tuyg'ular,
Olislarga ketaman siz qoling endi,
Siz bergan azobdan bu ko'ngil sindi.
Ko'zlarim ko'r bo'lib sizni sevardim,
Yo'lingizga termulib men zor kutardim,
Do'stlaringiz bilan baham: |