Dardlaring tinglovchi u endi sirdosh,
Gulim baxtli bo'lgin to'ying muborak,
Oq libos yarashgan bo'ying muborak.
"Ko'ngil faqat..."
(Bir hikoya qahramoni tilidan)
Ko'ngil faqat bir sizga mushtoq,
Yonimda bo'ling hamisha har chog',
O'zgalar mehri aslo kerakmas,
Siz bilan o'tar har onim quvnoq.
Ko'ngil faqat bir sizga mushtoq,
Olislarga ketmang meni qoldirib,
Ko'ngil yorishmaydi yoqsa ham chiroq,
Azob berar meni gulday so'ldirib.
Ko'ngil faqat bir sizga mushtoq,
Bazmlar tatimas menga hech sizsiz,
Hatto kulolmayman bo'lsangiz yiroq,
Yig'layman bildirmay jimgina unsiz.
Ko'ngil faqat bir sizga mushtoq,
Sezasizmi ayting mening holimni,
Do'stlaringiz bilan baham: |