Ayting o'zi neni ko'zlaysiz,
Ishonchim ham qolmadi sizlarga,
O'yinchoqdek qaraysiz qizlarga.
Samimiylik sizga begona,
Yolg'on sizga do'st-u hamxona,
Yaqin yurmang bo'lmang parvona,
Ishonchim ham qolmadi sizlarga,
O'yinchoqdek qaraysiz qizlarga.
Ayting yo'qmi sizni singlingiz,
Lekin bordur sizning onangiz,
Qaytar dunyo buni biling siz,
Ishonchim ham qolmadi sizlarga,
O'yinchoqdek qaraysiz qizlarga.
Balki yoqmas aytgan so'zlarim,
Chin oshiqni izlar ko'zlarim,
Chin sevgi-la yorug' yuzlarim,
Ishonchim ham qolmadi sizlarga,
Singlingizdek qarang qizlarga.
"Guling"
Men bugun ojizman, so'zsiz va yolg'iz,
Do'stlaringiz bilan baham: |