Hijrondan uning ko'zlarida nam,
Ishongani shu qog'oz va qalam,
Boshqacha bo'ladi shoir sevgisi...
"Tabrik"
(Dugonam Niginabonuga)
Sog'inchli salomim yo'llayin bugun,
Yigirma bahor-la qutlayin bugun,
Oilaning kattasi, go'zal dugonam,
Baxtingizdan shod yuring o'zgacha bugun.
O'qishda a'lo qiz, faol talaba,
Yutuqlaringiz ko'p, sizda g'alaba,
Izlanishdan to'xtamang hali oldinda
Sizni kutar shunday oliy martaba.
Otangiz, onangiz yurishar xursand,
Shukr bor deyishar- siz odobli farzand,
Baxtingiz guvohi bo'lishsin faqat,
Duoda sizni qo'llashar har vaqt,
Singlingiz sizdan olmoqda ibrat,
Shirin so'zligingiz bitta fazilat,
Do'stlaringiz bilan baham: |