Tor ko'rinib ketar keng bu olamlar.
Boshqacha bo'ladi shoir sevgisi,
Ko'rgani doimo qiynoq-azoblar,
Ko'nglida tugamas o'sha zardoblar,
Yo'lin yoritolmas ba'zan oftoblar.
Boshqacha bo'ladi shoir sevgisi,
Sog'inch har dam qiynaydi uni,
Bedor o'tar ba'zan uning har tuni,
Hayollar og'ushida o'tadi kuni.
Boshqacha bo'ladi shoir sevgisi,
Yoriga bag'ishlar butun borini,
Unga ishonadi nomus-orini,
Lek aytolmas doim dilda borini.
Boshqacha bo'ladi shoir sevgisi,
Xiyonat ko'chasiga kirmagay aslo,
Yurmagay sira ham yolg'onlar aro,
Chin oshiqlik hayotiga berar ma'no.
Boshqacha bo'ladi shoir sevgisi,
G'am-anduxlar yana bo'lsa jam,
Do'stlaringiz bilan baham: |