Ota-yu onasi yotar bu joyda.
Ko'zlarida yosh so'raydi sabr,
Hammasi yaxshi deb qo'li duoda.
Sig'dirmay qo'ydida kelinoyisi,
Akasi singlim deb qilmas himoya,
Birovga qiziqmas uning orzusi,
Hatto tosh otadi yaqin hamsoya.
Alloh borligiga ishonar bu qiz
Besh vaqt namozini qilmaydi kanda,
Ezilib ketganda qolib u yolg'iz,
Shukrona aytishdan charchamas banda.
Ko'ngli yarim- sog'inar ota-onasin,
Ular bilan baxtiyor edi barchasi,
Tushlarida ko'rar, eshitar kulgusin,
Uyg'onib ketgan dam yig'lar kechasi.
Ko'chada maydalab yog'ar yomg'ir...
"Tabrik"
(Singlim Zahroxonga)
Kulishlaring beg'ubor, sodda, samimiy,
O'n bir yoshga to'lding bugun singiljon,
Do'stlaringiz bilan baham: |