Baxt bo'lib kel bizga Yangi yil,
Armon zahrin totmaylik aslo,
Quvonchlarni keltir Yangi yil,
Shodliklarga to'lsin bu dunyo.
Baxt bo'lib kel bizga Yangi yil,
Sog'lik bo'lsin hamisha hamroh,
Yana omad keltir Yangi yil,
Faqat baxtga bo'laylik guvoh.
Baxt bo'lib kel bizga Yangi yil,
Mehr topsin har yaxshi inson,
Muhabbat-la kelgin Yangi yil,
Nurlar sochsin yulduzli osmon.
Baxt bo'lib kel bizga Yangi yil...
"Yoshlar axdi..."
O'sib borayotgan biz jajji nihol,
Vatan kelajagi bizning qo'llarda,
Javobsiz qolmagay birorta savol,
Ishonchni oqlaymiz nurli yo'llarda.
Kuch-g'ayratga ayni to'lgan paytimiz,
Bayrog'imiz ko'kni quchsin har safar,
Do'stlaringiz bilan baham: |