Farzandlar qornini to'ydiray deya,
O'zin emas balki bizlarni deya,
Musofir yurtlarda yuribti dadam.
O‘qitay bir kasbning boshin tutsin deb,
Men ko‘rmadim dunyo ular ko‘rsin deb,
Farzandlarim doim baxtli bo‘lsin deb,
Musofir yurtlarda yuribti dadam.
Ota-yu onamni rozi qilay deb,
Duolarin olib Xoji qilay deb,
Tiriklik chog'ida xursand ko‘ray deb,
Musofir yurtlarda yuribti dadam.
O‘ziga bir yangi kiyim olmasdan,
Ba'zida ovqatni to‘yib yemasdan,
Yomonlarga o'xshab ichib chekmasdan,
Musofir yurtlarda yuribti dadam.
Peshona teri-la halol rizq topib,
Ba'zan issiq ba'zan sovuqda qolib,
Sog‘inchdan bag‘ri to‘lsada kulib,
Musofir yurtlarda yuribti dadam.
Do'stlaringiz bilan baham: |