Tushunmaysiz ayol qalbini,
Yig'lab turib kulishi mumkin,
Oilasi farzandi uchun,
Jonin fido qilishi mumkin.
Tushunmaysiz ayol qalbini,
Sizdan dunyo so'ramas aslo,
Birga bo'ling tuting qo'lini,
Ishongani bo'lmasin ro'yo.
"O'zgartirib bering dunyoni"
Unutdingiz halol-haromni,
Bermaysizda hatto salomni,
Qizg‘onasiz shirin kalomni,
O‘zgartirib bering dunyoni.
Har qadamda yana xiyonat,
Ko‘paydida buncha jinoyat,
Bu ne holdur, bu ne razolat,
O‘zgartirib bering dunyoni.
Yo‘qoldimi nahot oqibat,
Ko‘rsatasiz soxta muruvvat,
Qilmaysizda bir xolis xizmat,
O‘zgartirib bering dunyoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |