Rozi bo'ling bizdan yaxshilar.
Sevgimizga o't yoqing bugun...
"Aybdorman..."
Aybdorman onam to'kkan yosh uchun,
Men qandayin bebosh farzand bo'ldima,
Yashaydilar onam faqat biz uchun,
Nechun onam bag'rini men tildima?
Aybdorman onam to'kkan yosh uchun,
Havoyi orzular qildi ko'zim ko'r,
Qiynalar vijdonim buncha uzun tun,
Tugamas ekanda peshonamda sho'r.
Aybdorman onam to'kkan yosh uchun,
To'qqiz oy bag'rida asrab kelgandi,
Meni deb bugun ko'zlari mahzun,
Oq yuvib oq tarab mehrin bergandi.
Aybdorman onam to'kkan yosh uchun,
Farishtamga ozor berdim bilmasdan,
Allohim jazo ber gunohim uchun,
Yolvorib so'rayman bugun tinmasdan.
Do'stlaringiz bilan baham: |