Aybdorman onam to'kkan yosh uchun,
Poylariga tiz cho'kib so'rayman uzr,
Onamning qadriga yetaman har kun,
Bilaman onamda tugamas mehr.
"Boringizcha..."
(Hikoya qahramoni tilidan)
O'zgarishlar kutmayman sizdan,
Qaytmaysizda aytgan bir so'zdan,
Nur yog'adi bu qora ko'zdan,
Boringizcha sevaman sizni.
Nima desa desin boshqalar,
Bizga mayli kulsin boshqalar,
Chin do'stlarchi faqat baxt tilar,
Boringizcha sevaman sizni.
Bezor qilar ba'zan rashkingiz,
Tez chiqadi sizning jahlingiz,
Ishonaman chindur sevgingiz,
Boringizcha sevaman sizni.
Savollarga ko'mib tashlaysiz,
Chin oshiqsiz baxtni ko'zlaysiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |