Bir kun kelar albat men kutgan baxtim,
Pokiza vijdonni sevgi sezmasmi?
Sevgi uchun ne kerak aytingchi do'stim?
Yoki go'zallikmi sevgining sharti,
Aytyapman men asta dildagi so'zim,
Chiroysiz so'narmi yurakning tafti.
Sevgi uchun ne kerak aytingchi do'stim?
Ishonch bo'lolmasmi sevgiga ustun,
Tushunolmay daryo bo'ldi-ku yoshim,
Hijronda o'rtanmoq shartmi yo bugun.
Sevgi uchun ne kerak aytingchi do'stim,
Sog'inchli kunlar ishqqa tayanchmi?
Javob berishmaydi nega hamma jim,
Shirin so'zlar esa dilga yupanchmi?
Sevgi uchun ne kerak aytingchi do'stim?
"Tabrik"
(Do'stim tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Bunday tug'ilgan kunlarni ko'pini ko'rib yuring.)
Do'stlaringiz bilan baham: |