Lek inson ortidan qilmadim ig'vo,
Yomonga chiqarib qo'ysa-da zamon,
Meni do'st bilganga qilgandim vafo.
Ba'zan ko'z yosh to'kdim, ba'zida kuldim,
Bu dunyo ishlari soldi hayratga,
Adolat yo'q joyda bag'rimni tildim,
Yurak to'lib bo'ldi bugun hasratga.
Ba'zan sevildim men, ba'zida sevdim,
Chin oshiq yo'liga bo'ldim intizor,
Xiyonat qilishdi. Yig'ladim, kuydim,
Tinch qo'yishsin endi kerakmas ozor.
Ba'zan qadrlashdi goho bo'ldim qadrsiz,
Mehr berganimda dedilar soxta,
Kutish azob berdi bo'ldim sabrsiz,
Charchatdi barchasi kel yurak to'xta.
"Sevgi uchun..."
Sevgi uchun ne kerak aytingchi do'stim,
Samimiy bir yurak bo'lsa yetmasmi,
Do'stlaringiz bilan baham: |