Ko'zga surib bosgan izingiz,
Yurak sizga oshufta butkul.
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Yo'lingizga boqaman ma'yus,
Eslaysizmi endi gulingiz,
Yomg'irlarla keldi mana kuz.
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Orzularim bog'landi sizga,
Eshitsaydim har dam so'zingiz,
Aylanardim eng baxtli qizga.
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Uchratmadi bejizga taqdir,
Yurak uchun zarur ishqingiz,
Har on menga keraksiz axir.
Sog'inganim...
"Qalb kòzi kòrlar"
Ertalab saharda duo qilishmas,
Qilgan xatolarin balki sezishmas,
Oxirat kunlarin nahot òylashmas,
Allohni unutgan qalb kòzi kòrlar.
Uyalmasdan qilib bir-birin ģiybat,
Do'stlaringiz bilan baham: |