Sog'inganim yakka o'zingiz,
Yo'lingizga boqaman ma'yus,
Eslaysizmi endi gulingiz,
Yomg'irlarla keldi mana kuz.
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Orzularim bog'landi sizga,
Eshitsaydim har dam so'zingiz,
Aylanardim eng baxtli qizga.
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Uchratmadi bejizga taqdir,
Yurak uchun zarur ishqingiz,
Har on menga keraksiz axir.
Sog'inganim...
"Sog'inganim..."
(Bir hikoya qahramoni tilidan)
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Talpinadi yurak siz tomon,
Meni ko'rsin sizning ko'zingiz,
Shunda doim bo'laman omon.
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Olisdasiz yetishmoq mushkul,
Do'stlaringiz bilan baham: |