Alloh uchun meni kechiring.
Dilingizni oģritgan bòlsam,
Behudaga ranjitgan bòlsam,
Men siz uchun tavbalar aytsam,
Alloh uchun meni kechiring.
Xato qilar har bitta inson,
Qolmasinda dillarda gumon,
Orzular hech bòlmasin armon,
Alloh uchun meni kechiring.
Yurtimizga keldi Ramazon,
Xafamisiz mendan siz hamon,
Ròzalarni tutaylik omon,
Alloh uchun meni kechiring.
Shu kunlarga yetkazdi Alloh,
Dardlaridan aylasin panoh,
Xato qilgan men bitta gumroh,
Alloh uchun meni kechiring.
Tavba aytdim yurak-yurakdan,
Qutqaring siz vijdon azobdan,
Duo qildim erta sahardan,
Alloh uchun meni kechiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |