Musofirda yurgan jon jigarlarim,
Alloh panohida bòling siz doim.
"Kelinchak"
Oppoq harir libos egnida bugun,
Har kungiday emas, o'zgacha bu kun,
Or-nomus ibosi shishaday butun,
Dunyoda eng baxtli bo'lgin kelinchak,
Kelasi yil albat tebrat belanchak.
Qaynona-qaynotang xizmatida bòl,
Yoringni ardoqla shirinsuxan bòl,
Katta-yu kichikni izzatida bòl,
Dunyoda eng yaxshi bòlgin kelinchak,
Kelasi yil albat tebrat belanchak.
Yaxshi-yu yomonlar havas-la boqsin,
Haqqingga keksalar duolar qilsin,
Ota-yu onang quvonching kòrsin,
Dunyoda eng baxtli bòlgin kelinchak,
Kelasi yil albat tebrat belanchak.
"Yomg'ir..."
Do'stlaringiz bilan baham: |