Do'stlikning muhim shartidur ishonch.
"Do'stlikning..."
Do'stlikning muhim shartidur ishonch,
G'amli kuningizda bo'ladi yupanch,
Sizga hadya eta olar bir olam quvonch,
Do'stlikning muhim shartidur ishonch.
Yolg'on so'zlar so'zlamang,kerakmas aslo,
Do'stlar-la uy obod,go'zal bu dunyo,
So'zlarimni tinglang, unutmang ammo,
Do'stlikning muhim shartidur ishonch.
Achchiq haqiqatni yuzga so'zlasa,
O'gir kuningizda yordam izlasa,
Siz uchun faqat baxtni ko'zlasa,
Do'stlikning muhim shartidur ishonch.
Sirlaringiz bilar u yaqin sirdosh,
Yurar yo'lingizda bo'lar u yo'ldosh,
Siz bilan hamisha bo'lar yelkadosh,
Do'stlikning muhim shartidur ishonch.
Do'stlaringiz bilan baham: |