"Musofirda..."
Yurt soģinchi qiynasa chidab,
Oila tashvishin yelkaga yuklab,
Ròzģor kamlarini tòldirish òylab,
Musofirda yurgan jon jigarlarim,
Alloh panohida bòling siz doim.
Mazali ovqat ham tuyulib taxir,
Sizga kamlik qiladi shirin sòz, mehr,
Diydor kòrishguncha qilamiz sabr,
Musofirda yurgan jon jigarlarim,
Alloh panohida bòling siz doim.
Alloh òzi sizga kuch-quvvat bersin,
Qalban birgamiz-ku yuzingiz kulsin,
Rizqingiz yaratgan ziyoda qilsin,
Musofirda yurgan jon jigarlarim,
Alloh panohida bòling siz doim.
Soģinib yozdimda bu she'rni bugun,
Duo-la qòllaymiz sizni kun-u tun,
Òzingizni asrang, yaqinlar uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: |