Qizini quduqqa tashlagan Ota,
Rasuli Akramni yiģlatgan Ota.
Olti yil asragan jigar porasin,
Gòzal xulqli shunday shirin qizchasin,
Eshitmadi hatto qilgan nolasin,
Qizini tiriklay u kòmgan Ota,
Rasuli Akramni yiģlatgan Ota.
Tinmasdan yiģladi Otajon deya,
Òldirmang iltimos yashayin deya,
Bu dunyoga hali tòymadim deya,
Qizini tiriklay òldirgan Ota,
Rasuli Akramni yiģlatgan Ota.
Gunohi yòq edi, u hali gòdak,
Bu holga jim turma dod solgin falak,
Beģubor kòzlari-gòyoki malak,
Shundayin qizini òldirgan Ota
Rasuli Akramni yiģlatgan Ota.
"Armon muhabbat"
Yuraklarda qolgan armon-muhabbat,
Yolģonlardan bòlgan sarson-muhabbat,
Do'stlaringiz bilan baham: |