Dilingni oģritib yomon sòzlasam,
Yiģlasang qòshilib birga yiģlasam,
Ishon seni juda yaxshi kòraman.
Qayrilma kipriging, kamon qoshlaring,
Qirq kokil òrilgan uzun sochlaring,
Bòldi urushmayman, tòkma yoshlaring,
Ishon seni juda yaxshi kòraman.
Baxtingdan porlasin quvnoq kòzlaring,
Odobdan aytilsin har bir sòzlaring,
Kelajagi yorqin bahor-kuzlaring,
Ishon seni juda yaxshi kòraman.
"Dòstlikni tushunmaydiganlarga"
Oģir kuningizda berolmas yordam,
Dardingiz yenguvchi u emas malham,
Siz bilan hamisha bòlolmas birdam,
Dòstlikni tushunmas kimsadur- bebosh,
Yana ģiybat qilib otadida tosh.
Unga kerak faqat boylik, martaba,
Aytar gaplaridur faqat safsata,
Do'stlaringiz bilan baham: |